Xitoylik smartfonsozdan navbatdagi taqdimot

Xitoylik smartfonsozdan navbatdagi taqdimot

Xitoyning vivo kompaniyasi 9 dekabr kuni Hindistonda V17'ga bag‘ishlangan tadbir tashkillashtiradi.

Bu V17 yaqinda Rossiyada e’lon qilingan V17 emas. Yangi gadjetda bitta muhim o‘zgarish bor bo‘lib, matbuot uchun taqdim qilingan reklama posteriga ko‘ra, smartfon ekranida vivo S5'dagiga o‘xshash aylana tirqish bo‘ladi.

vivo V17 (RFda taqdim qilingani)

 

Bu shuni ko‘rsatadiki, yangi V17 Rossiyada taqdim qilingan “adash“idan ko‘ra ko‘proq S5'ga o‘xshaydi.

vivo S5

Ushbu tushunmovchilik barham topishi uchun biroz kutish kerak bo‘ladi. Ammo vivo tez-tez ishlatib turadigan chalkash nomlar haqida kimdir biron narsa qilishini kutishimizga qancha vaqt kerakligi noma’lum.

O‘QING: Xiaomi III chorakdagi daromadlarini e’lon qildi. Smartfonlar savdosi kamaydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!