"Nima gap Apple?" ruknidan: xitoylik texnoblogerlar buklanadigan iPhone yaratishdi

Dunyodagi eng taniqli 7 ta smartfon ishlab chiqaruvchi brendlarning 6 tasi: Samsung, Xiaomi, Huawei, Honor, Oppo va Vivo allaqachon o'zlarining buklanadigan smartfonlarini sotuvga chiqarib ulgurishgan, lekin ularning bittasi, Apple, hali ham "ikki qo'lini burniga tiqib o'tiribdi". So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, kupertinolik kompaniya yaqin kunlarda buklamafon chiqarishni rejalashtirmagan. Yaqinda esa Samsung kompaniyasi ekspertlari Apple 2024-yilda buklamafonlar bozoriga qo'shilishi ma'lum qilgan edi.

Biroq, xitoylik texno-blogerlar Apple'ni kutib o'tirishmadi va ular o'zlarining buklanadigan iPhone'larini yaratishdi. iPhone V deb nomlangan ushbu prototip iPhone 13 Pro Max'dan tayyorlangan bo'lib, uni yaratish uchun 40 ga yaqin displeylar sinovdan o'tkazilgan, smartfon ichki qismlari qayta joylangan. Qolaversa, nafaqat qurilma, balki dasturiy ta'minot ham "buklangan" yoxud texnologiya ishqibozlari buzilgan (jailbroken) iOS operatsion tizimi buklanadigan ekranga moslashgan.




iPhone V, albatta, Galaxy Z Flip 4 yoki Motorola Razr 2022 kabi ajoyib buklamafon emas, ammo, blogerlar ushbu protipni "version 0.1" deb nomlashganini va uni yaxshilashda davom etishlarini ta'kidlashdi.

O'QING: Huawei dunyodagi eng arzon buklamafonni taqdim qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!