Xitoylik xakerlar 9 yildan beri Rossiya davlat idoralarini kuzatayotgan ekan!

  •   DiMaX
  •  1036
  •  13.05.2019 13:53

Xitoylik xakerlar 9 yildan beri Rossiya davlat idoralarini kuzatayotgan ekan!

Positive Technologies hamda «Kasperskiy laboratoriyasi» kompaniyalari tahlilchilari Rossiya davlat kompaniyalari, vazirlik va tashkilotlarining kompyuterlarida xakerlik hujumi izlarini topishdi. Bu izlarga ortidan borib ularning taxmin qilishlaricha, buni Xitoy hukumati ko‘rsatmasi bilan o‘sha yerlik xakerlar amalga oshirishgan.

O‘QING: Hayratga loyiq xaker: FBR eplay olmagan Apple serverlarini maktab o‘quvchisi buzib kirdi!

Kompyuterlardan o‘g‘irlangan ma’lumotlarga qaraganda, xakerlarni aynan siyosiy razvedka hamda sanoat sohasidagi josuslik qiziqtirgan. Buzib kirish ishlari hamisha bir xil ssenariy bo‘yicha amalga oshirilgan: kompyuter tizimiga ziyonkor dasturiy ta’minot o‘rnatilgan. U ma’lum muddat «uxlab yotgan», keyin esa faollashib ketgan, uning yordamida xakerlar qimmatbaho va maxfiy ma’lumotlarni olib borishgan.

Xabarga ko‘ra, umumiy hisobda 30 tashkilotga hujum amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 24 tasi aynan Rossiyada joylashgan, qolganlari ham turli shakllarda shu mamlakat bilan bog‘liq bo‘lgan. Bular – sanoat, qurilish, energetika va ko‘chmas mulk sohalaridagi kompaniya va idoralar bo‘lgan.

Joriy yilning 6 may kuni ma’lum bo‘lishicha, Huawei kompaniyasi MTS abonentlarining ma’lumotlarini saqlash uchun jihozlarni yetkazib beruvchi bo‘lishi mumkin. AQSh va boshqa ayrim davlatlar esa xitoylik texnogigantga ishonmaydi – uni «Osmon osti saltanati» foydasiga josuslik qiladi, deb hisoblashadi.

O‘QING: Huawei bilan hamkorlik haqida «og‘zidan gullab» qo‘ygan mudofaa vaziri ishidan haydaldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.