Xitoylik xaridorlar uzoq yillar Apple’ni laqillatib kelishgan ekan!

  •   DiMaX
  •  1611
  •  12.10.2018 14:33

Xitoylik xaridorlar uzoq yillar Apple’ni laqillatib kelishgan ekan!

Turli qurilmalarning klonini, qalbakisini yasash bo‘yicha xitoyliklar ustasi farang ekanini bilamiz. mijozlaru xaridorlar o‘z yo‘liga, ular hatto Apple’ni ham shu usulda boplab laqillatishgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Apple akkumulyatorlar borasida o‘z mijozlarini boplab kelayotgan ekan!

Kupertinolik korporatsiya o‘zining Xitoydagi do‘konlarida iPhone’larni almashtirib olish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘p bo‘lgan. Keyingi to‘rt yil ichidagina Apple ular sonini kamaytirishga erishgan. Bu ma’lumotni kupertinolik gigantning o‘ndan oshiq sobiq xodimlari tasdiqlagan, deb yozadi The Information nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar iPhone’larini xarid qilib yoki hatto o‘g‘irlab olishgan va ichidan eng qimmatbaho detallarini ajratib olishgan. So‘ng ularni «buzilib qoldi», deya do‘konga keltirib, yap-yangisiga almashtirib olishgan.

O‘QING: Xitoyda "Galaxy Note 9" 100 dollardan sotuvga chiqdi!

Shunday sxema dastlab Shenchjen shahrida ommalashgan. Bu yerda birinchi rasmiy Apple Store do‘koni 2012 yili ochilgan. O‘shanda ayfonni ta’mirlatish uchun qilinadigan murojaatlar soni haftasiga 200 ta bo‘lsa, olti oy mobaynida bu ko‘rsatkich naq 2000 taga yetgan. Bu esa kupertinoliklarning Nyu-Yorkdagi flagman do‘konidagidan naq uch baravarga oshiqdir!

Avvaliga Xitoydagi Apple do‘konlari xodimlari mijozlarning ayfonlarini ortiqcha savollarsiz almashtirib berishgan, faqat smartfonda ataylab buzilganligi alomati bo‘lmasa bas edi. Ammo firibgarlik ortidan ko‘rilayotgan zarar juda ortib ketavergach, kompaniya choralar ko‘rishga majbur bo‘lgan. Smartfonni xarid qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab etilishi yo‘lga qo‘yilgan, smartfonni ochmasdan diagnoz qiladigan maxsus uskuna ishlab chiqilgan.

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari qaysi smartfonlardan foydalanishadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!