Xitoyliklar allaqachon ekrani barcha Galaxy S20’lardan kuchli smartfon tayyorlashdi! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  6190
  •  20.01.2020 18:05

Xitoyliklar allaqachon ekrani barcha Galaxy S20’lardan kuchli smartfon tayyorlashdi! (+«jonli» surat)

Samsung keyingi oyda o‘zining Galaxy S20, Galaxy S20 Plus va Galaxy S20 Ultra flagmanlarini namoyish qiladi. Ular texnik xususiyatlari yuksak, o‘zi ko‘rkam smartfonlar bo‘lyapti.

O‘QING: Samsung Galaxy S20, S20+, va S20 Ultra'larning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Flagmanlar kushandalarini tayyorlashi bilan tanilgan xitoylik kompaniya esa OnePlus 8 Pro modelini yozda taqdim etmoqchi. Biroq ushbu qurilma haqida turli ma’lumotlar chiqmoqda, jumladan, True-tech.net resursi uning ishlayotgan holidagi «jonli» rasmini e’lon qildi:

Suratga ko‘ra, OnePlus 8 Pro ekranida kartina yangilanish chastotasini 60, 90 va 120 gerslik qilib sozlash imkoni mavjud. Biroq eng yuqori – 120 gerslik rejimda ishlaganida, Samsung Galaxy S20 flagmanlarida bo‘lgani kabi, tasvir aniqligini 1080r ko‘rsatkichigacha tushirish talab etilmaydi. Kadr yangilanish chastotasi soniyasiga 120 tani tashkil etganida ham displey WQHD+ formatidagi aniqlikda tasvir uzataveradi.

Ta’kidlash o‘rinliki, Samsung o‘z flagmanlarini 11 fevralda rasman ko‘rsatadi, OnePlus 8 Pro taqdimoti esa shu yilning may yoki iyun oylarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘QING: OnePlus 8 Pro haqida mish-mishlar yomg‘iri yog‘a boshladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.