Xitoyliklar buni uddalashdi: AirPods Pro’ning arzon klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  2402
  •  06.11.2019 16:39

Xitoyliklar buni uddalashdi: AirPods Pro’ning arzon klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilyapti! (+video)

Apple korporatsiyasi bir necha kun avval yangi avlod simsiz quloqchini – AirPods Pro modelini namoyish etgandi. Mazkur mahsulotini u 30 oktyabr kuni sotuvga chiqargan, lekin ungacha...

 O‘QING: AirPods Pro savdoga chiqib ulgurmasidan xitoyliklar uning 40 dollarlik klonini sota boshlashdi!

Taniqli informator Ben Geskin (Ben Geskin) ma’lum qilishicha, xitoyliklar allaqachon AirPods Pro’ning haqiqiy klonini ham yaratib ulgurishgan. Oldingi xabarimizda aytilgan Vpods Pro quloqchinidan farqli o‘laroq, bunisi mahalliy bozorda yuz dollardan sotilayotgan ekan.

Ko‘rib turganingizdek, «xitoycha AirPods Pro» dizayniga ko‘ra originalidan farqlanmaydi.

O‘QING: Atigi 56 dollar narxdagi Xiaomi Air 2 simsiz quloqchinlari taqdim qilindi!

Eng qizig‘i shundaki, iPhone smartfoni ushbu arzon matohni ham Apple’ning original garniturasi sifatida qabul qilyapti! Biroq bu klon quloqchinlar AirPods Pro singari funksiyalar jamlanmasiga ega yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, oddiy AirPods 160 dollardan (sotib olish) 200 dollargacha (sotib olish) tursa, kupertinoliklar quloqchinning Pro talqini uchun 250 dollar so‘ramoqda. Aslida, AirPods ham o‘zi 160 dollar turadi, lekin quloqchin qutisi simsiz zaryadlanishini afzal ko‘rsangiz, yana qo‘shimcha 40 dollar sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda bo‘lsa, ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi simli va simsiz quloqchinlarini atigi 105 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!