Xitoyliklar Geekbench 5'da yangi rekord qo‘ydi

Xitoyliklar Geekbench 5'da yangi rekord qo‘ydi

Xalqaro MWC konfrensiyasi bekor qilinganligi sababli rasmiy namoyishi kechiktirigan Oppo Find X2 Pro smartfoni Geekbench benchmarkida paydo bo‘ldi.

Smartfon model raqami CPH2025 bo‘lganligi uchun uni tanib olish qiyin emas, chunki bu kod Pro seriyasiga tegishli bo‘lishi allaqachon tasdiqlangan.

Manbadan ma’lum bo‘lishicha, qurilma Snapdragon 865 chipi va 12GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, gadjet qadoqdan Android 10 operatsion tizmida ishlaydi (bu hayratlanarli holat emas).Smartfon bir yadroli sinovda 913, ko‘p yadroli testda esa 3308 balllik natija qayd etdi. Bu esa Android smartfonlarni Geekbench 5'da ko‘rsatgan eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Hozirgacha Qualcomm yoki Exynos chipida ishlovchi biror bir qurilma qayd etgan natija Oppo Find X2 Pro'nikiga yaqin ham kelmagan. Darvoqe, rekordchi smartfon ikki xil: Snapdragon yoki Exynos chiplarida ishlab chiqariladi.

Oppo Find X2 gadjetlarida 120Hz yangilanish chastotasiga ega ekran, QHD rezolyusiya, 240Hz sensor sezgirlik darajasi bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, displey 1200 nit yorug‘lik darajasi va 100% DCI-P3 rangli gamut qoplamasiga ega bo‘ladi.

Smartfon Sony'ning 48MP kamerasi va 65 vatt tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo ushbu ma’lumotlar mart oyidagi taqdimotdan so‘ng tasdiqlanadi.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.