Xitoyliklar istalgan kishini internetdan uzib qo‘yuvchi yangi standartni tayyorlashmoqda

  •   DiMaX
  •  847
  •  31.03.2020 15:26

Xitoyliklar istalgan kishini internetdan uzib qo‘yuvchi yangi standartni tayyorlashmoqda

Huawei korporatsiyasi Xitoy hukumati bilan hamkorlikda internetning yangicha standartini yaratish ustida ishlamoqda. Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – istalgan foydalanuvchini internetdan butkul uzib qo‘yish imkoni bo‘lishidir.

O‘QING: Xitoy butun boshli mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yishi mumkin!

Ushbu yangi standart New IP protokoli deb nomlanmoqda va, kompaniyaning rejasiga ko‘ra, u hozirda amalda bo‘lgan TCP/IP protokoli o‘rniga kelishi kerak. Financial Times nashrining yozishicha, dasturchilar ushbu protokol orqali internetni yangi bosqichga chiqarishmoqchi. Bunda birinchi navbatda tezlik o‘ta yuqori bo‘ladi, shuning sharofati bilan yangi telekommunikatsion tizimlarni, shu jumladan golografik ishtirok texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi.

Shu bilan birga, yangi ishlanma internetni qat’iy nazorat qilinuvchi muhitga aylantirish imkonini ham beradi. Mazkur tadqiqotlarda Huawei’ga naq Xitoy hukumatining o‘zi yordam berayotgani esa kishini yanada o‘yga toldiradi.

Financial Times yozishicha, New IP protokolida o‘ziga xos «uzib qo‘yish» algoritmi bo‘ladi. Uning yordamida tarmoqdan ma’lum bir manzilga yoki undun tarmoqqa ketadigan barcha ma’lumotlar kanallarini yopib qo‘yish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Uch buyuk derjava – Rossiya, AQSh va Xitoy harbiy qudratini raqamlarda batafsil solishtirib ko‘rsatishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!