Xitoyliklar o‘z-o‘zini quvvatlovchi ilk smart-soatni tayyorlashdi!

  •   DiMaX
  •  733
  •  05.11.2020 12:48

Xitoyliklar o‘z-o‘zini quvvatlovchi ilk smart-soatni tayyorlashdi!

Mexanik qo‘l soatlarining ko‘plab modellarini buragich yordamida quvvatlash talab etilmaydi – ular qo‘lning harakatidan o‘z-o‘zini quvvatlay oladi. Bilakka taqiluvchi aqlli soatlar esa akkumulyatorini muntazam zaryadlab turishni talab etadi.

O‘QING: Bitta quvvatda 14 kungacha ishlovchi Xiaomi Mi Watch Revolve taqdim etildi: narx va jihatlari

Tinib-tinchimagan xitoyliklar mexanik qo‘lsoatlarda mavjud bo‘lgan o‘sha funksiyani smartvochlarga ham ko‘chirishga bel bog‘lashdi. Gonkong universiteti laboratoriyasida tadqiqotchilar mexanik harakatdan hosil bo‘ladigan quvvatni to‘playdigan ixcham generator yaratishdi.

Mazkur qurilma prototipi o‘nga yaqin qismlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular orasida kinetik energiyani elektr tokiga o‘girib beruvchi maxsus uzatma ham mavjud. Uning sinovlari odam qo‘lining siltanishiga o‘xshab harakat qiluvchi mexanizmda o‘tkazilmoqda.

O‘QING: Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Muhandislar oldida turgan asosiy muammolardan biri mexanik soatlardan ko‘r smartvochlarning quvvat iste’moli yuqoriligi bo‘ldi. Aqlli soatni quvvatlash uchun o‘rtacha foydalanuvchining qo‘li faolligi kamlik qilar ekan. Buning yechimi sifatida ular o‘z ixtirolari tarkibiga magnitli komponent ham qo‘shishdi – u mexanik harakatlarni «ko‘paytirib» beradi.

«Yangi generator ishlab chiqaradigan energiya bozordagi analoglari ko‘rsatkichlaridan o‘n karra ko‘p», deydi tadqiqotchilardan biri.

Ixtirochilarning ta’kidlashicha, mazkur generator bozorga chiqarilgach, arzonligi bois talabgir bo‘lishi aniq – uning qiymati taxminan 13 dollarga teng. Biroq bu original qurilmaning tijoriy versiyasi qachon chiqishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Android 10 tizimli ilk smart-soat namoyish etildi: 4/64 GB xotira va buriluvchi Sony kamerali!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!