Xitoyliklar smart-ko‘zoynaklarni ommaviy ishlab chiqarishga o‘tishyapti

  •   DiMaX
  •  1017
  •  27.04.2019 17:19

Xitoyliklar smart-ko‘zoynaklarni ommaviy ishlab chiqarishga o‘tishyapti

Elektron jihozlar qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Foxconn kompaniyasi Xitoyda «aqlli» qurilmalar ishlab chiqarish uchun yangi zavod ochishini e’lon qildi. Yaqin orada bozorda masofadan turib kompyuterga ulanuvchi smart-ko‘zoynaklar paydo bo‘ladi.

O‘QING: Smartfonlarning 10 yilgina «umri» qoldi. Xo‘sh, innaykeyin-chi?

Xabarga ko‘ra, ushbu zavod joriy yilning sentyabrida ishga tushiriladi, Foxconn unda tayyorlanadigan mahsulotlarini umumiy nom bilan «smartwear», ya’ni «aqlli kiyimlar» deb atagan. Shu tariqa, agarda Foxconn kelajakda Apple’dan «aqlli» ko‘zoynak uchun buyurtmalar oladigan bo‘lsa, ularni aynan mana shu zavodda tayyorlanadi.

Shuningdek, Foxconn taqiluvchi gadjetlarning «Osmon osti saltanati»dagi bozori rivojlanish istiqbollari haqida hisobot ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, 2019 yili Xitoydan butun dunyoga smart-qurilmalar yetkazib berilishi 136 milliontaga yetadi. Mazkur bozor jadal o‘sishda bo‘lib, faqat smartfonlar bozoridangina keyingi o‘rinda kelayotir.

O‘QING: Huawei quloqchinsiz musiqa tinglash imkonini beruvchi Smart Eyewear «aqlli» ko‘zoynagini taqdim etdi