Xitoyni tanqid qilib, uch oy «yo‘qolib ketgan» AliExpress rahbari yetakchi tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritilmadi

  •   DiMaX
  •  347
  •  03.02.2021 08:43

Xitoyni tanqid qilib, uch oy «yo‘qolib ketgan» AliExpress rahbari yetakchi tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritilmadi

Alibaba Group asoschisi 2020 yil 24 oktyabrdagi nutqida Jek Ma XXR moliya tizimini tanqid qilib, innovatsiyalar fursati yetganiga urg‘u bergandi. O‘sha mojaroli nutqidan so‘ng Jek Ma jamoatchilik ko‘z o‘ngidan yo‘qolib qolgandi. Nihoyat, bu yil yanvarga kelib...

O‘QING: AliExpress asoschisi topildi: Jek Ma uch oy davomida qayerda edi?

Shanghai Securities News davlat ishbilarmonlar gazetasi kuni kecha Xitoyning yetakchi tadbirkorlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bloomberg nashrining yozishicha, bir paytlar mamlakatdagi eng boy kishi bo‘lgan milliarder Jek Ma ushbu ro‘yxatga kiritilmagan.

AliExpress muassisi o‘rniga gazetaning birinchi sahifasidan uning «asosiy raqibi», Tencent rahbari Ma Xuaten joy oldi, deya qayd etadi agentlik. Ro‘yxatga shuningdek, Huawei asoschisi Jen Chjenfey, Xiaomi rahbari Ley Szyun va BYD prezidenti Van Chuanfu kiritilgan.

Shanghai Securities News gazetasida Jek Maning nomi tilga olinmasligi u va mamlakat hukumati o‘rtasidagi nizo davom etayotganligini bildiradi, deb yozadi Reuters. Mazkur ro‘yxat aynan Alibaba o‘zining choraklik hisobotini taqdim etadigan kunda e’lon qilingan.

O‘QING: Alibaba asoschisidan muvaffaqiyat sirlari: «Ko‘proq ayollarni ishga oling!»

Jek Ma o‘tgan yilning oktyabrida Shanxaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardcha mentalitet»ga egaligini bildirgandi.

5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegishli bo‘lgan Ant Group Shanxay va Gongkong birjalarida IPO’ni amalga oshirishi kerak edi. Biroq birjaga chiqishdan ikki kun oldin Xitoy moliyaviy regulyatorlari Ma va Ant Group rahbarlarini suhbatga chaqirgan. Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, ular bizneslarini to‘liq tekshiruv kutayotgani to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Ant Group IPO’si qoldirildi. Xabarlarga ko‘ra, bu boradagi qarorni shaxsan XXR hukumati raisi Si Szinpin qabul qilgan.

Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni shaffof raqobat prinsiplarini va iste’molchilar huquqlarini buzishda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekshiruv boshlangani ma’lum qilindi.

Oxirgi marta oktyabrda omma oldida ko‘ringan Jek Ma uch oydan so‘ng ko‘rinish berdi – 20 yanvar kuni u xayriya tadbirida videoaloqa orqali chiqish qilgan.

O‘QING: AliExpress haqida qiziqarli 7 fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!