Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!

  •   DiMaX
  •  1964
  •  07.04.2021 12:10

Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!

Meizu keyingi yillarda kam modellarda smartfon taqdim etayotgan bo‘lsa-da, mahsulotlari baribir yaxshi. Jumladan, uning Meizu 17 Pro flagmani AnTuTu servisiga ko‘ra o‘z egasini rozi qilgan smartfonlarning 2021 yil yanvardagi reytingida g‘olib chiqqan, fevral reytingida esa ikkinchi o‘rinni olgan. Shuningdek...

O‘QING: AnTuTu reytingini Snapdragon 888 chipli flagmanlar butkul zabt etdi! (2021 yil mart)

Mazkur kompaniyasi yaqinda o‘zining Meizu 18 hamda Meizu 18 Pro rusumli smartfonlarini taqdim etib, dunyo bozoriga ham chiqargan. Ishlab chiqaruvchi bugun ularning savdosiga oid qiziq faktni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Meizu 18 turkumidagi qurilmalarni sotib olayotganlarning salkam yarmi – naq 45 foizi oldin Apple smartfonlarni ishlatgan ekan. Bu faktni kompaniya original tizer bilan taqdim etgan:

iPhone egalarining Meizu 18 smartfonlariga «ko‘chib o‘tish»lari sabablari – kompaniya bu smartfonlarida «uchta nol» strategiyasini qo‘llagani bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ularda reklama yo‘q, boshidan o‘rnatilgan chet ilovalar yo‘q, Push-operatsiyalar yo‘q.

Qizig‘i shundaki, ayfon egalarini Meizu 18 flagmanlaridan olishga rag‘batlantiruvchi (trade-in singari) biror dastur ham yo‘q, Apple ixlosmandlari o‘z ixtiyorlari bilan mana shu smartfonlarga o‘tishyapti.

Eslatib o‘tamiz, Meizu yaqinda o‘zining maxfiy kamerali yangi flagmanini videoda ko‘rsatgan edi.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!