Xitoyning eng qimmat elektronika brendlari e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  1562
  •  14.10.2020 13:57

Xitoyning eng qimmat elektronika brendlari e’lon qilindi

Huran tadqiqot instituti Xitoydagi maishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng qimmat brendlar reytingini taqdim etdi. Unda kompaniyalar 2020 yilning 30 sentyabr holatiga ko‘ra bozor qiymatiga ko‘ra saralangan.

O‘QING: Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Birinchi pog‘onani mamlakatning texnogiganti – Huawei zabt etganiga ajablanmasa ham bo‘ladi; uning qiymati 162 milliard AQSh dollariga teng. Ikkinchi o‘rinda «Xitoycha Apple» nomi bilan mashhur Xiaomi turibdi; uni 64 milliard dollarga baholashgan.

Kuchli uchlikni 26 milliard dollarlik Vivo yakunlab bergan bo‘lsa, 25 milliard dollarlik Oppo kompaniyasi to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan. Qizig‘i – shu to‘rttasi va oltinchi pog‘onadagi Transsion Holdings brendi hissasiga butun dunyoda sotilgan smartfonlarning 40 foizi, ya’ni 620 millionta smartfon to‘g‘ri kelgan!

Beshinchi o‘rinda egasi – dronlar ishlab chiqaruvchi, 15 milliard dollarlik DJI kompaniyasi bo‘lsa, yettinchi pog‘onani 8 milliardlik Lenovo band qilgan.

O‘QING: Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!