Xitoyning eng zo‘r brendlari reytingi bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  2780
  •  17.07.2020 13:50

Xitoyning eng zo‘r brendlari reytingi bilan tanishing

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan xabarga ko‘ra, Millward Brown kompaniyasi eng yaxshi ellikta Xitoy brendini e’lon qilgan. Ular orasida sizu bizga yaxshi tanish bo‘lgan texnologik kompaniyalar ko‘p.

O‘QING: Dunyoda hozir qaysi brendlar noutbuklari eng ommabop?

Reyting shohsupasida texnologik gigant – Huawei korporatsiyasini ko‘rib hayron bo‘lmasangiz kerak. Axir, AQSh tomonidan turli-tuman bosimlar bo‘layotganiga qaramasdan, bu kompaniya yaxshi yutuqlarga erishib kelayotir.

Masalan, u ketma-ket ikkinchi oy smartfon bozorida yetakchi bo‘ldi, eng innovatsion kompaniyalar reytingida birdaniga naq 42 pog‘ona yuqorilab, TOP-o‘ntalikka kirdi. Bundan tashqari, ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingida eng yuqori ikkita o‘rinni uning vakillari egallagan. Eng qizimaydigan smartfonlar ro‘yxatida ham uning flagmani munosib joy olgan.

Bulardan tashqari, yaqindagina Harmony OS operatsion tizimli ilk avtomobil – BYD Han modelini taqdim qildi. Apple hamda Google monopoliyasiga Huawei bergan zarbani ham alohida ta’kidlab o‘tsak arziydi.

O‘QING: Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

Xullasi kalom, ellikta brendni o‘z ichiga olgan reytingda yuqori pog‘onalarni quyidagilar egallagan:

Ko‘rib turganingizdek, bu yerda yana Lenovo, Alibaba, Xiaomi, OnePlus, Oppo, Vivo va boshqa tanish kompaniyalar mavjud.

O‘QING: Samsung smartfonlarga chegirma e’lon qilayotib, Huawei’ni masxaraladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!