Xitoyning yana 43 ta ilovasi bloklandi. Ular orasida AliExpress ham bor

Xitoyning yana 43 ta ilovasi bloklandi. Ular orasida AliExpress ham bor

Hindiston hukumati mamlakat hududida taqiqlangan xitoyliklar ilovalari sonini yana 43 taga ko‘paytirdi. Yangi bloklangan ilovalar orasida AliExpress internet do‘konining mobil dasturi ham bor.

Bundan tashqari, Alibaba Group'ga tegishli bo‘lgan bir qator boshqa ilovalar, jumladan, WeTV va MangoTV televizion ilovalari hamda bir necha tanishuv va o‘yin dasturlari ham bloklandi.

Hindiston hukumati oldin ham Xitoyning bir qator ilovalarini bloklagan edi. AliExpress'ning xavf ostida ekani haqida oldin ham xabar bergan edik. Ilgari ham bo‘lgani kabi, bloklash Axborot Texnologiyalari Aktining 69A bandiga muvofiq amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, ushbu ilovalar Hindiston suvereniteti, xavfsizligi va daxlsizligiga rahna soladi. Yangi bloklangan ilovalarni ham qo‘shib hisoblaganda, Hindistonda taqiqlangan Xitoy ilovalarining umumiy soni 267 taga yetdi.

Oldingi bloklashda jami 118 ta ilovaga taqiq qo‘yilgan edi. Ular orasida PUBG Mobile ham bo‘lgan. Biroq PUBG Mobile tez orada yana hind bozoriga kirib kelishi aytilmoqda, lekin boshqa bloklangan ilovalar haqida hozircha bunday gap yo‘q.

Quyida Hindiston hukumati tomonidan yangi bloklangan ilovalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

•AliSuppliers Mobile App
•AliExpress - Smarter Shopping, Better Living
•Lalamove India - Delivery App
•Snack Video
•CamCard - BCR (Western)
•Chinese Social - Free Online Dating Video App & Chat
•Date in Asia - Dating & Chat For Asian Singles
•Free dating app-Singol, start your date!
•TrulyChinese - Chinese Dating App
•TrulyAsian - Asian Dating App
•DateMyAge: Chat, Meet, Date Mature Singles Online
•FlirtWish: chat with singles
•Guys Only Dating: Gay Chat
•WeWorkChina
•First Love Live- super hot live beauties live online
•Cashier Wallet
•MangoTV
•MGTV-HunanTV official TV APP
•WeTV - TV version
•WeTV Lite
•Taobao Live
•DingTalk
•Isoland 2: Ashes of Time
•BoxStar (Early Access)
•Heroes Evolved
•Jellipop Match-Decorate your dream island
•Munchkin Match: magic home building
•Conquista Online II

O‘QING: Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!