Xorijda smartfonni tarozida tortib ko‘rishadi. Nega siz ham shunday qilishingiz kerak?

  •   DiMaX
  •  4164
  •  25.06.2020 16:38

Xorijda smartfonni tarozida tortib ko‘rishadi. Nega siz ham shunday qilishingiz kerak?

Dunyoning ayrim mamlakatlaridagi supermarketlarda xaridorlar o‘z smartfonlarini taroziga qo‘yib tekshirib ko‘rishadi. Xo‘sh, bu bilan ular nimani aniqlashtirmoqchi bo‘lishadi?

O‘QING: Bilib qo‘ying: 2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etilyapti!

Yoshi kattalar yaxshi bilishadi – bir zamonlar pallali tarozilar, tarozi toshlari ko‘p qo‘llanar edi. O‘shanda ayrim insofsiz sotuvchilar vaznidan urib qolish uchun tarozining sozlamalarini sal o‘zgartirib yoki toshning ichini o‘yib qo‘yishar edi.

Hozir esa unaqa tarozi kam – hamma yerda, hatto dehqon bozorlarida ham asosan elektron tarozilar qo‘llanmoqda. Lekin aynan ularning sozlamalarini hamma narsani asl vaznidan og‘irroq ko‘rsatadigan qilib o‘zgartirib qo‘yish yanada oson.

Xo‘sh, tarozining to‘g‘ri ishlayotganini qanday aniqlash mumkin? Tabiiyki, vazni oldindan aniq bo‘lgan biror buyumni unda tortib ko‘rish – eng maqbul usuli. Hamisha yonimizda bo‘ladigan shunday buyumlardn biri esa aynan smartfon hisoblanadi. Faqat uning aniq vaznini bilib qo‘ysangiz bas – do‘konda yo bozorda tarozining to‘g‘ri ishlayotganini shu usulda aniqlab olaverasiz!

Xo‘sh, siz-chi, smartfoningiz qancha tosh bosishini bilasizmi o‘zi?

O‘QING: «Humo» va «Uzcard» integratsiyalashtiriladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!