Xorijga chiqishga «taqiq» bor-yo‘qligini Telegram-bot orqali tekshirish mumkin

  •   DiMaX
  •  983
  •  03.03.2021 09:03

Xorijga chiqishga «taqiq» bor-yo‘qligini Telegram-bot orqali tekshirish mumkin

Pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigiyenik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati bo‘lmasligi lozim. Bu xususda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Sayyohlar uchun muhim interfaol xarita: qayerlarga borish yoki qayerlardan kelishda viza kerak?

Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga «taqiq» qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot Telegram-boti orqali o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bir zumda bilib olishingiz mumkin.

Mazkur botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda to‘lash imkoniyati yaratilgan.

O‘QING: Apple va Netflix aynan O‘zbekistonni tanladi. Nega Qozog‘istonni emas?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!