Xotirjam bo‘lavering: Galaxy Note 20 fabletlari va Galaxy Buds Live kutilganidan arzonroq ekan!

  •   DiMaX
  •  2297
  •  28.07.2020 17:52

Xotirjam bo‘lavering: Galaxy Note 20 fabletlari va Galaxy Buds Live kutilganidan arzonroq ekan!

Samsung kompaniyasi 5 avgustda navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazadi va uning birinchi treylerini e’lon qilgan. Mazkur marosida namoyish etiladigan gadjetlar orasida eng muhimi – Galaxy Note 20 hamda Note 20 Ultra planshetofonlaridir.

O‘QING: Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Avvalroq biz, Samsung mazkur smartfonlarni Yevropada naq 1 249 yevrodan boshlab sotishi haqida yozgan edik. Lekin endi ishonchli insayder Ishan Agarval bu fabletlar va Galaxy Buds Live simsiz quloqchini narxlari borasida yangi ma’lumot e’lon qildi.

Unga ko‘ra, janubiy koreyaliklar ushbu gadjetlarga insof bilan narx belgilashyapti:

  • Galaxy Note 20 4G — 999 yevro;
  • Galaxy Note 20 5G — 1099 yevro;
  • Galaxy Note 20 Ultra 5G — 1349 yevrodan boshlanadi;
  • Galaxy Buds Live — 189 yevro.

Insayder ta’kidlashicha, bu yilgi fabletlar Galaxy Note 10 turkumi vakillaridan kamida 50 yevroga qimmatroq narxda sotiladi.

O‘QING: «Jonli» video: Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk bor ishlatib, xususiyatlarini tushuntirib ko‘rsatishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!