XPeng X2 uchar elektromobili o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi

XPeng X2 uchar elektromobili o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi

Samolyot va vertolyotlardan farqli o‘laroq, elektr uchib-qo‘nish transport vositalari qisqa parvozlar uchun qulay va odamlarni tirband yo‘llardan uchib olib o‘sh kabi afzalliklarga ega. So‘nggi bir necha yilda ana shunday o‘nlab uchar mashina loyihalari yaratildi, lekin ulardan sanoqlilarigina konsept bosqichdan o‘ta olishdi. Shulardan biri guanchjoulik XPeng kompaniyasining X2 uchar elektromobili bo‘lib, Gitex Global 2022 texno ko‘rgazmasining dushanba kungi sonida u o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi. Dubay fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ruxsati bilan Marina shahridan havoga ko‘tarilgan X2'ning sinov parvozi 90 daqiqa davom etgan.

Odamlar tomonidan ko‘pincha "Xitoyning Tesla'si" deya ta’rif beriladigan XPeng kompaniyasining X2 uchar elektromobili o‘zining zamonaviy va futuristik ko‘rinishi bilan haqiqatda Tesla elektromobillarini eslatib yuboradi, faqat unga parraklar o‘rnatilgan. Parraklar haqida gapiradigan bo‘lsak, X2'da ulardan sakkizta bor va ular yordamida uchar elektromobil ikki kishini 200 kilogrammgacha bo‘lgan qo‘shimcha yuklar bilan 1000 metr balandlikkacha ko‘tara oladi. Uni o‘zining og‘irligi 530 kg bo‘lib, uzunligi 5 m, kengligi 4.8 m, bo‘yi esa 1.36 meterni tashkil qiladi. Uning to‘liq quvvati bilan siz soatiga 130 km tezlikda 35 daqiqa uchishingiz mumkin. Qo‘shimchasiga, uchar elektromobil uchuvchisiz boshqaruv, radarni diapazoni, to‘siqlardan qochish va avtomatik ishga tushadigan xavfsizlik parashuti kabi xususiyatlarga ega.

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, siz uchar elektromobilni oddiy mashinani haydagandek boshqarishingiz mumkin: "Biz avtomobillarni boshqarish usulini oldik va uni kreativ tarzda qayta ko‘rib chiqdik va uchishni o‘rganishni qiyinlashtirmaslik uchun uni uchish tizimiga qo‘lladik", deydi XPeng rahbari He Xiaopeng.

Ma’lum bo‘lishicha, XPeng o‘zining X2 eVTOL'larini 2024-yildan yetkazib berishni boshlaydi, lekin bu keng ko‘lamli sotuv bo‘lmaydi, yoxud kompaniya faqat sanoqli buyurtmalarni qabul qilishi aytilmoqda. Narxi esa hozircha noma’lum.

O‘QING: Meta o‘zining yangi avlod VR qurilmasini namoyish qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.