«Xuddi Galaxy S10 kabi, faqat ikki karra arzon»: Nokia X71 taqdim qilindi

  •   DiMaX
  •  3421
  •  02.04.2019 18:25

«Xuddi Galaxy S10 kabi, faqat ikki karra arzon»: Nokia X71 taqdim qilindi

HMD Global kompaniyasi bugun Tayvanda o‘tkazgan tadbirida ikkita smartfonini namoyish etdi. Ulardan biri avval taqdim etilgan Nokia 9 PureView flagmani bo‘lsa, ikkinchisi mutlaqo yangi – Nokia X71 modelidir.

O‘QING: Nokia 9 PureView fotoflagmani namoyish qilindi – besh modulli kameraga ega ilk smartfon!

 Nokia X71 – afsonaviy brendning xuddi Samsung flagmanlaridagi kabi «tirqish»li ekranga ega ilk smartfoni bo‘lishi bilan birga, Nokia X turkumining Xitoydan tashqarida namoyish qilingan birinchi vakili hamdir.

O‘rta narxli ushbu qurilma 6,39 dyuymlik FHD+ displeyga ega. Korpus old yuzasining 93 foizini qoplagan ekranning yuqori chap burchagida 16 megapiksellik selfi-kamera uchun «teshik» ochilgan.

Nokia X71 modelining «elektron yuragi» – Snapdragon 660 protsessori bo‘lib, u 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlaydi. Smartfonning ichki xotirasi 128 gigabaytlik, microSD-karta yordamida unga yana 256 gigabaytlik joy qo‘shish mumkin.

O‘QING: Nokia smartfonlari josuslik qilayotgan ekan – buni ishlab chiqaruvchi ham tan oldi!

Smartfonning shishadan ishlangan orqa panelida uch modulli va Zeiss brendli bosh kamera tikkasiga joylashgan. Uning asosiy sensori 48 megapiksellik, ikkinchisi 8 MPlik – keng burchakli bo‘lsa, uchinchi – 5 MPlik datchik tasvir chuqurligini aniqlashga xizmat qiladi. Kameraning chap tomonida fotochaqnoq, ostida esa barmoq izi skaneri ko‘zga tashlanadi.

Nokia X71 smartfoni ham Android One dasturi doirasiga kirgan bo‘lib, Android 9.0 Pie tizimi bilan chiqarilgan. 3500 mA/soatlik batareyasi jamlanmaga kiritilgan 18 vattlik tezkor quvvatlagichdan zaryad oladi. Korpusda quloqchin uchun 3.5 millimetrlik audiotirqish ham saqlanib qolgan.

GSMArena nashriga ko‘ra, Nokia X71 smartfoni Tayvanda 30 apreldan, 388 AQSh dollariga teng narxda savdoga qo‘yiladi. Uning boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqarilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, ammo Terashop.uz internet-do‘konimizda ayrim Nokia telefonlarini 499 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Nokia X5 tavsifi: texnik jihatlari, xulosalar va foto

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!