Xuddi iPhone'lardagidek: endi Galaxy'larning ham orqasiga ikki-uch marta tegish bilan amallar bajarish mumkin

Xuddi iPhone'lardagidek: endi Galaxy'larning ham orqasiga ikki-uch marta tegish bilan amallar bajarish mumkin

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy'ga xuddi Apple'ning iPhone smartfonlarida bo'lgani kabi telefon orqasiga teginish bilan amallar bajarish xususiyatini qo'shmoqda. "Orqaga tegish" deb nomlanadigan ushbu xususiyat Good Lock modullaridan biri – RegiStar ilovasi orqali ishlaydi.

Yangi RegiStar ilovasi bilan siz smartfon orqasiga teginish, smartfonni yoqish tugmasini bosish va ushlab turish bilan amalga oshiriladigan funksiyalarni, shuningdek, Sozlamalar ilovasidagi menyu tartibini ham o'zgartira olasiz.

Ma'lum bo'lishicha, orqaga teginish funksiyasi faqat so'nggi modeldagi Galaxy S smartfonlari, hamda, Galaxy Z Fold va Flip buklamafonlarida ishlaydi. Bunda siz smartfon orqasiga ikki marta yoki uch marta teginish bilan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • Skrinshot olish
  • Google Assistant'ni ishga tushirish
  • Biron ilovani qalqib chiquvchi oynada ishga tushirish
  • Biron ilovani ochish
  • Bildirishnomalarni ko'rsatish
  • Oxirgi ilovalarni ko'rsatish
  • Orqa tugmasi

Smartfon yon tugmasini bosish va ushlab turish bilan esa siz yuqoridagi amallarga qo'shimcha tarzda smartfoningiz chirog'ini yoqishingiz/o'chirishingiz yoki uni ovozsiz qilib qo'yishingiz mumkin.

Qolaversa, RegiStar sizga Sozlamalar menyusi tartibini o'zgartirish imkonini ham beradi. Bunda siz menyudagi ba'zi sozlamalarni yashirib qo'yishingiz mumkin.

RegiStar hozir beta versiyada bo'lib, uni siz Galaxy Store'dan yuklab olishingiz mumkin, biroq buning uchun smartfoningiz Android 13'ga asoslangan One UI 5 versiyasiga ega bo'lishi va orqaga teginishni qo'llab-quvvatlashi kerak.

O'QING: Samsung o‘zining Galaxy smartfonlari uchun yangi Dropship ilovasini chiqardi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!