Xuddi «Simona» filmidagidek: «sun’iy ong» bir necha kishining suratidan «yangi odam yasash»ni o‘rgandi! (video)

  •   DiMaX
  •  933
  •  14.12.2018 11:24

Xuddi «Simona» filmidagidek: «sun’iy ong» bir necha kishining suratidan «yangi odam yasash»ni o‘rgandi! (video)

Endryu Nikkol suratga olgan, bosh rolda Al Pachino o‘ynagan «Simona» ilmiy-fantastik filmini eslasangiz kerak. Unda maxsus kompyuter dasturi turli aktrisalar, top-modellarning qiyofalaridan ayrim qismlarini olib, bitta virtual qiz obrazini yaratadi. Nvidia mutaxassislari ham salkam shunga o‘xshash ishni uddalashdi.

O‘QING: NVIDIA’dan superkompyuter: siz uchun emas, robotlar uchun

Nvidia kompaniyasining uch nafar dasturchisi «sun’iy ong» neyrotarmog‘ini bir nechta kishilarning suratlaridan yangi bir odam qiyofasini yaratishga o‘rgatishdi. Bunda ilk manba bo‘lgan suratlarning har biridan detallar olinadi va umumlashtiriladi. Dastur kishilarning yuz chiziqlari, sochining rangi va shakli, orqa foni va hatto ko‘zoynagi singari detallarni umumlashtiradi. Ikkita, uchta yoki undan oshiq fotosuratdagi kishilardan «yangi odam yasash» mumkin.

Neyron tarmog‘i har bir fotosuratdan aniq bitta detalni olib, yakuniy rasmda birlashtirishi mumkin, deb yozadi TechCrunch. Masalan – bittasidan orqa fonni, ikkinchisining yuzini, uchinchisining sochini va hokazo. Natijada ancha ishonarli, «jonli» chiqadi.

Biroq yakuniy suratning qalbaki ekanligini baribir mayda detallarda payqash mumkin bo‘ladi. Balki kelajakda «sun’iy idrok» tizimlari haqiqiysiga o‘ta o‘xshaydigan rasmlar yasashni ham o‘rganib olishar.

O‘QING: Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!