Xushxabar: Android uchun ham Telegram X taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  3822
  •  23.01.2018 09:22

Xushxabar: Android uchun ham Telegram X taqdim etildi!

Telegram kompaniyasi bir oycha avval iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun o‘z messenjerining muqobil ilovasi – Telegram X dasturini taqdim etgandi. Keyinroq esa Android-qurilmalar uchun uning rasmiy muqobili – Challegram ilovasi ham chiqarilgan edi.

O‘QING: Google Play’da Telegram X’ning rasmiy analogi paydo bo‘ldi

Endi esa mana shu Challegram kliyenti 0.20.4.743 talqinigacha yangilanib, uning nomi ham «Telegram X»ga aylantirildi.

Android-devayslar uchun taqdim etilgan mazkur kliyentning original Telegram ilovasidan farqli jihatlari mavjud. Ushbu messenjer TDLib (Telegram Database Library) asosida yaratilgan, shu bois u tezkor xotirani kamroq talab qiladi va protsessorga ham ko‘p og‘irlik solmaydi. Bular evaziga u batareyaning quvvat sarfini ham tejaydi. Shuningdek, Telegram X original messenjerdan ko‘ra ikki karra tezroq ishlaydi.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling – Teligram! Ommaviy messenjerning zararli kloni tarqaldi

Telegram X’ning 0.20.4.743 versiyasida «yashil robotchali» qurilmalar egalari uchun quyidagi o‘zgarishlar taqdim etilgan:

  1. Challegram nomi va belgichasi Telegram X tarzida o‘zgartirilgan.
  2. Yangi musiqiy oqimli audioijrochi ishga tushirilgan. Uning afzalliklari:

- Audiofayl 8 foizga yuklanishi bilan uning ijrosi boshlanadi. Keyin esa uning yuklanishi ham qanchalik tinglanishiga qarab davom etadi;

- Yuklanish tezligi sezilarli darajada oshgan;

- Fayllarning biridan ikkinchisiga silliq o‘tiladi;

- Ijro etiladigan fayllar navbatini boshqarish (revers, joyini o‘zgartirish, ijro davomida ham elementlar qo‘shish va o‘chirish) mumkin.

  1. Fotosuratlarni tahrirlash: Paint Tool – rasmlar uchun yaxshilangan muharrir bo‘lib, unda chizish jihozlari (o‘qlar, to‘rtburchaklar va hokazo) mavjud.
  2. Profildagi, albomlardagi va umumiy tashuvchilardagi suratlar uchun burash (prokrutka) funksiyasi.
  3. Stikerlarning dastlabki ko‘rish joyidanoq stikerlar to‘plamini tanlash mumkin.
  4. Media Viewer’da subtitr ob’yektlarini tanlash mumkin.
  5. Twitter hamda Instagram’dagi xabarlar suratlari endi t.me orqali o‘tadi va albomlarda aks etadi.
  6. Kontaktni yuborishdan avval tasdiqlash so‘raladi.
  7. Ko‘plab boshqa yaxshilashlar.

Android operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalarga Telegram X ilovasini mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.