Xushxabar: Android uchun ruscha Telegram X’ni yuklab oling!

  •   DiMaX
  •  3203
  •  12.03.2018 18:24

Xushxabar: Android uchun ruscha Telegram X’ni yuklab oling!

Telegram jamoasi Apple gadjetlari uchun o‘z messenjerining muqobil rasmiy kliyenti – Telegram X ilovasini taqdim etgani, keyinroq esa bu dastur Android-qurilmalar uchun ham ishlab chiqilganidan xabaringiz bor. Lekin shu paytgacha unga rus tili kiritilmaganligi bois ayrim foydalanuvchilar unga o‘tishga ikkilanib yurishibdi.

O‘QING: Android uchun Telegram X yangilandi: avtomatik tungi rejim va yangi bosqichdagi xavfsizlik!

Garchi Telegram X rasman ruschalashtirilmagan esa-da, messenjerdagi @teleblog kanali Android-smartfonlar uchun uning rus tiliga o‘girilgan talqinini taqdim etdi. Ilovani sinovdan o‘tkazish uchun kanal jamoasi a’zolaridan birining smartfonida uni ishlatib, to‘laqonli foydalanib ko‘rishgan. Ruschalashtirilgan Telegram X sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va u to‘g‘ri ishlamoqda.

Ruschasini o‘rnatish uchun, agar oldin smartfoningizga Telegram X o‘rnatilgan bo‘lsa, uni o‘chirishingiz kerak bo‘ladi. Keyin esa ruschalashtirilgan Telegram X’ni mana bu havola orqali «Terabayt.Uz» saytining Telegram-kanalidan smartfoningizga ko‘chirib olasiz. APK-faylni ishga tushirib, ilovani o‘rnatasiz va akkauntingizga kirib, bemalol foydalanaverasiz!

Eslatib o‘tamiz, har qanday norasmiy versiyalardan foydalanganlik uchun mas’uliyat o‘z zimmangizda bo‘ladi. «Terabayt.Uz» sayti yoki @teleblog kanali mazkur ilovadan foydalanish sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!