Xushxabar: iPhone va iPad’lar uchun ham tezkor va tejamkor Facebook Lite chiqdi!

  •   DiMaX
  •  270
  •  08.10.2018 12:03

Xushxabar: iPhone va iPad’lar uchun ham tezkor va tejamkor Facebook Lite chiqdi!

Ba’zi hududlarda internet tezligi past bo‘lishi, aholining aksariyati texnik jihatdan kuchli bo‘lmagan smartfonlardan foydalanadi. Dasturchilar ular uchun ayrim ilovalarning nisbatan «yengil» versiyalarini taqdim etishgan – ularda faqat eng kerakli funksiyalargina qoldirilgan bo‘ladi.

O‘QING: Hamyonbop va kuchsizroq smartfonlar uchun sakkizta «yengil» ilova

Shundaylardan biri – Facebook Lite ilovasi Android-qurilmalar uchun 2015 yilda taqdim etilgan va dastlab faqat rivojlanayotgan mamlakatlar aholisiga mo‘ljallangan edi. Keyinchalik ushbu dastur butun dunyodagi foydalanuvchilar, jumladan – AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar aholisiga ham taqdim etildi.

Oradan uch yil o‘tib, nihoyat, Facebook Lite ilovasi iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun ham ishlab chiqildi. Hajmi atigi 5 megabaytni tashkil etadigan bu ilova akkumulyator quvvatini hamda tizim resurslarini kamroq sarflaydi. Shuningdek, u internet-trafikni ham tejaydi va hatto internet tezligi past bo‘lsa ham «oddiy» versiyaga nisbatan tezroq ishlay oladi.

iOS uchun ishlab chiqilgan Facebook Lite dasturi dastlab Turkiya hududidagi foydalanuvchilar uchun taqdim etildi. Yaqin orada boshqa hududlardagi iPhone va iPad’lar egalari ham uni o‘rnatib olishlari mumkin bo‘ladi. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib turish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Facebook Messenger Lite rasman taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.