Xushxabar: nihoyat, Instagram’da guruhli videochat ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  765
  •  27.06.2018 16:29

Xushxabar: nihoyat, Instagram’da guruhli videochat ishga tushdi!

Instagram fotoservisi jamoasi, nihoyat, foydalanuvchilarga guruhli videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi. Ushbu funksiya allaqachon xalqaro ko‘lamda barcha foydalanuvchilar uchun tarqatila boshladi.

O‘QING: Instagram sizni kuzatishini bilasizmi? Uning ta’qibidan qutulish yo‘lini-chi?

Kim bilandir videochat boshlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish oynasi – Direct’ning yuqori o‘ng burchagidagi videokamera belgichasini bosasiz. Guruhli videoqo‘ng‘iroqlar ham shunday tarzda amalga oshiriladi.

Suhbatga qo‘shiluvchilar soniga qarab chat oynasi avtomatik tarzda moslashadi. Guruhli videochatda bir vaqtning o‘zida besh nafargacha kishi o‘zaro ko‘rishib gaplasha oladi. Bunda videoning oynasini kichkinalashtirib qo‘ygancha, asosiy yangiliklar tasmasini kuzatish ham mumkin.

Bundan tashqari, Instagram muayyan foydalanuvchining qiziqishlariga mos keluvchi foto va videolarni tavsiya etadigan Explore varaqasini ham yangiladi. Unda endi turli mavzulardagi bo‘limlar paydo bo‘ldi: sport, filmlar, san’at... Shuningdek, sizning bu ilovadagi so‘nggi harakatlaringizdan kelib chiqib tavsiyalar beruvchi bo‘lim ham ochilgan. O‘zingizga qiziq bo‘lmagan kanallarning ovozini o‘chirib qo‘ysangiz ham bo‘laveradi.

Instagram ilovasini iOS-devayslar egalari mana bu, Android-gadjetlar sohiblari esa mana bu havolalar orqali bepul o‘rnatib (yoki yangilab) olishlari mumkin.

O‘QING: Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!