Xushxabar: Telegram 4.5 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  4532
  •  15.11.2017 11:59

Xushxabar: Telegram 4.5 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Ko‘pchilik sevib foydalanayotgan Telegram messenjerining mobil qurilmalarga mo‘ljallangan ilovasi yangilandi. Undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida messenjerning rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Yangi talqinda foydalanuvchilar uchun yoqimli o‘zgarishlar va yaxshilanishlar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardir:

  1. Fotosuratlarni guruhlash.

Endi bir nechta fotosuratlar yoki videolavhalarni yuborishda ularni bitta albomga birlashtirish – guruhlash mumkin.

Har bir albom o‘ntagacha rasm yoki lavhani o‘z ichiga oladi. Qabul qiluvchiga esa har bir surat yoki rolik alohida bildirishnomalarda emas, balki yaxlit albom bitta bildirishnomada boradi.

Shuningdek, fotosuratlarni qay tartibda jo‘natishni tanlash imkoniyati ham taqdim etilgan. Bu esa rasmlarning ketma-ketligini buzmasdan jo‘natish va qabul qilishga imkon beradi.

O‘QING: O‘zbekiston o‘zining Uzphone messenjerini ishlab chiqmoqda

  1. «Tanlanganlar» («Izbrannoye») yoki «Saqlangan xabarlar» funksiyasi.

Oldingi versiyalarda menyuni ochganda yuqori qismda turadigan «Bulut» endi menyu ro‘yxatiga ko‘chirilgan va «Saqlangan xabarlar» (yoki «Tanlanganlar») deb nomlangan.

Avval unga biror matn yoki rasm, video va hokazolarni o‘zingiz alohida yangi xabar tarzida yuborishingiz kerak bo‘lsa, endi Telegram 4.5 talqinida, boshqa chatlardagi biror xabarni shu o‘zingizga – «Saqlangan xabarlar»ga yubora olasiz. U biror xabarni boshqaga yo‘naltirish – «Pereslat» menyusining boshida turganligi esa ishni ancha osonlashtiradi.

O‘QING: Eva – Telegram’ni «kuchaytiruvchi» Android-ilova

Shu tariqa, turli kanallardagi, guruhlardagi yoki shaxsiy yozishmalaringizdagi muhim xabarlarni «Izbrannoye» chatiga yuborish mumkin. Har bir «Saqlangan xabar» yonida «Pereyti k» tugmachasi mavjud, u orqali ushbu xabarning dastlabki o‘rni – boshlang‘ich chatdagi joyiga bora olasiz.

«Saqlangan xabarlar»ni topish oson – unga chatlar ro‘yxatidan o‘tsangiz bo‘ladi. Shuningdek, «Izbrannoye»ga Android-ilovada yon panel – menyudan, iOS-ilovada esa Settings menyusidan ham o‘tish imkoni mavjud.

  1. Yaxshilangan qidiruv.

Turli botlar yoki ommaviy guruhlar va kanallarni izlash ancha osonlashdi. Shunchaki umumiy qidiruv maydonchasida o‘zingizga kerakli nomni tera boshlasangiz bas – shu nomdagi kanal, guruh va botlar ro‘yxati chiqib keladi. Bunda birinchi o‘rinda eng ommabop guruh, botlar va kanallar ko‘rinadi.

O‘QING: Telegram’dagi eng zo‘r kanallar-6: fan va texnologiyalarga qiziquvchilar uchun!

  1. Biriktirilgan xabarlar.

Endi kanal ma’murlari (administratorlari) undagi biror xabarni biriktirib qo‘yishlari mumkin. Shu tariqa, e’lon, qoidalar va hokazo tarzdagi biror muhim xabarni kanal a’zolariga hamisha ko‘rinib turadigan qilib qo‘ysa bo‘ladi.

  1. iOS-gadjetlar uchun yengilliklar va iPhone X qo‘llab-quvvatlovi.

iOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi devayslar uchun taqdim etilgan Telegram 4.5 yangi sozlamalar bilan boyitilgan va ularning ko‘rinishi ham yaxshilangan. Shuningdek, ilovaning yangi talqini Apple’ning «yubiley ayfoni» displeyiga ham moslashtirilgan. Unda iPhone X modelida ishlash bilan bog‘liq muammolar, xatoliklar bartaraf etilgan.

O‘QING: Telegram’dagi eng zo‘r botlar va kanallar-5: inglizchani o‘rganuvchilar uchun!

Telegram messenjerining Android operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi mobil qurilmalar uchun ilovasini mana bu, iPhone hamda iPad’lar uchun ishlab chiqilgan ilovasini esa mana bu havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!