Xushxabar: Toshkentda Apple’ning ilk rasmiy servis-markazi ochiladi!

  •   DiMaX
  •  2616
  •  07.02.2018 17:03

Xushxabar: Toshkentda Apple’ning ilk rasmiy servis-markazi ochiladi!

Yurtimizga rasmiy yo‘llar bilan olib kelib sotilgan biror qurilmani xarid qilganda, uning uchun kafolat beruvchi servis markazining ham mavjudligi muhim jihatlardan hisoblanadi. Bir qancha smartfonsozlar va turli elektron gadjetlar ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda o‘z servis markazlarini ochganlar.

O‘QING: O‘zbekistondagi Samsung vakolatli servis markazlarining ro‘yxati

O‘zbekistonda yaqin orada Apple korporatsiyasining ham servis markazi ochiladi. Bu degani – bizning hudud uchun rasman taqdim etilgan «olmali kompaniya» mahsulotlari uchun ham bir yillik muddatli kafolatlangan servis xizmati ko‘rsatiladi.

Dastlab kafolat iPhone’lar hamda MacBook va iMac kompyuterlari uchun amal qiladi. Keyinchalik esa Apple’ning barcha mahsulotlari uchun shunday kafolat berilishi ta’minlanadi.

iPhone X’ning sinov rejimidagi ilk rasmiy diagnostikasi samarali o‘tkazildi, endi esa yaqin orada servis markazi ochiladi. Demak, O‘zbekiston ham Apple mahsulotlari rasmiy sotiladigan va xizmat ko‘rsatiladigan mamlakatlar qatoriga kirayotganini anglatadi.

Aytish kerakki, kupertinolik gigantning smartfon, planshet va noutbuklari hozirda ham O‘zbekiston bozorlarida sotilmoqda, ammo ular uchun bir yillik muddatli rasmiy kafolat berilmayapti.

O‘QING: Nega rasmiy kafolatga ega telefonlarni xarid qilish kerak?

«Terabayt.Uz» sayti esa sizga bir yillik kafolat muddatiga ega bo‘lgan quyidagi smartfonlarni xarid qilishni tavsiya etadi:

  1. Apple iPhone X, 64 GB, Grey – 8 923 000 so‘m
  2. Apple iPhone X, 256 GB, Grey – 10 251 000 so‘m

Ushbu ayfonlar uchun to‘lovlarni naqd pul vositasida, plastik kartochka yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoni bor. Ularni shu narxlarda xarid qilish uchun, +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali «Terabayt.uz» sayti menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

E’tibor bering: bir yillik kafolatga ega bo‘lgan ushbu iPhone’lar bozorlardagi bir oylik kafolat bilan taklif etilayotganlaridan ham arzonroqdir. Shuningdek, xarid qilingan ayfonni O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilganligi xaridorlar uchun yana bir qulaylikdir.

O‘QING: iPhone X va boshqa ayfonlarning so‘mdagi narxlari (2018 yil 13 yanvar)