XUShXABAR: Ucell allaqachon O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2026
  •  16.09.2019 18:33

XUShXABAR: Ucell allaqachon O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi! (+«jonli» video)

5G texnologiyasini tatbiq etishni tezlashtirish muhim va kerakliligi haqida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning aprel oyida, Pekinda Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrifi davomida aytib o‘tgan. O‘zbekistonda 5G’ni tatbiq etish bo‘yicha Prezident topshirig‘ini bajarish uchun «Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5G’ni sinash jarayonini boshladi, deyiladi kompaniya xabarida.

O‘QING:  Ishonasizmi, AKT vazirligi 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar so‘rayapti!

Zamon texnologik talablariga mos tarzda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi operatorlar, provayderlar hamda O‘zbekistonga telekommunikatsion qurilmalarni olib keluvchi mutaxassislarni taklif qilib, mamlakatda 5G tarmog‘ini tatbiq etish bo‘yicha takliflarni taqdim etishlarini so‘radi.

An’anaviy tarzda O‘zbekistonda so‘nggi texnologiyalarni birinchilardan bo‘lib tatbiq etuvchi Ucell Kompaniyasi taklifni qabul qilib, sentyabr oyida 5G tarmog‘ini sinash uchun ruxsat oldi.

Birinchi 5G tijoriy tarmog‘ini rivojlantirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan eng yangi qurilmalar xarid qilinib, mamlakatga kiritildi.

Shu kunlarda Kompaniya mutaxassislari Kompaniyaning Toshkentdagi bosh ofisi – Ucell Plaza’da birinchi 5G sinovini o‘tkazdi.

Real shartlarda qayd etilgan maksimal tezlik 1 Gbit/s.ga yaqin bo‘ldi. SpeedTest servisi yordamida amalga oshirilgan o‘lchovlar 1 376 Mbit/s.gacha yuklash tezligini ko‘rsatdi.

Mana, shu jarayonni o‘zingiz tomosha qiling:

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

25-27 sentyabr kunlari yillik «ICT EXPO 2019» ko‘rgazmasi doirasida Ucell ishtirokchilar hamda mehmonlar uchun yoqimli syurpriz tayyorlamoqda: sinov rejimida 5G qurilmasining namoyishi! Gap nafaqat mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatlar taqdimoti haqida, balki Kompaniya stendida 5G texnologiyasining afzalliklarini sinash imkoniyati haqida ketmoqda.

Birinchi 5G tarmog‘ining tijoriy qamrovi shu yili Tashkent City Xalqaro biznes markazida Ucell kompaniyasining mutaxassislari tomonidan joriy etiladi.

Shundan keyin mobil tarmoqning beshinchi avlodi kundan kunga yanada ko‘proq hududni qamrab boradi hamda tez orada, HD-sifatida bir soatlik filmni yuklab olish uchun sizga bir necha soniya kifoya bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 5G tatbiq etganligi haqida xabar bergan davlatlar soni oshib bormoqda. Endi esa ushbu xaritada O‘zbekiston ham bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshqa bir aloqa operatori Toshkent shahrida Pre5G’ning laboratoriya sinovlarini o‘tkazganligi haqida xabar berganmiz.

O‘QING: Sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mlik «Ucell mobile challenge 2019» tanloviga marhamat!

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!