Yagona portal yangilangan va takomillashtirilgan versiyada taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  502
  •  29.12.2020 15:03

Yagona portal yangilangan va takomillashtirilgan versiyada taqdim etildi

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqilgan edi. Uning foydalanuvchilari uchun yangi qulayliklar yaratish maqsadida Yagona portal takomillashtirildi va yangilangan versiyasi tayyorlandi, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘QING: Yangi yilda operator hammaga sovg‘a ulashyapti!

O‘tgan yillar mobaynida mazkur tizim sifati va imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Takomillashtirilgan versiya yangi interfeysga ega bo‘lib, navigatsiya jihatidan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratib beradi va yanada ko‘proq statistik ma’lumotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, elektron to‘lov imkoniyatlari ham kengaytirildi.

O‘zgarishlarning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.

O‘QING: Yangi yilni yangilangan UNLIM tariflari bilan kutib olamiz!