Yana 21 ta Xiaomi smartfoniga barqaror MIUI 10 tarqatilmoqda – bunday modellarning umumiy soni 39 taga yetdi!

  •   DiMaX
  •  2121
  •  08.11.2018 11:50

Yana 21 ta Xiaomi smartfoniga barqaror MIUI 10 tarqatilmoqda – bunday modellarning umumiy soni 39 taga yetdi!

Xiaomi kompaniyasi o‘z smartfonlari uchun MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan proshivka tarqatilishining ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi. Mazkur dasturiy ta’minot dastlab joriy yilning sentyabrida ayrim modellardagi telefonlar uchun taqdim etilgandi.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Endi MIUI 10 asosidagi proshivkalar yana 21 modeldagi smartfonlar uchun chiqarildi. Shu bilan, MIUI 10 proshivkali Xiaomi smartfonlari modellarining umumiy soni 39 taga yetdi.

Xullas, yangi grafik qobiq asosidagi proshivka quyidagi rusumlarga mansub Xiaomi smartfonlariga tarqatila boshladi: Mi Max 2, Mi 4s, Mi 4c, Mi 5s, Mi 5s Plus, Mi Max, Mi 4, Mi Max Prime, Xiaomi Redmi 5A, Redmi 4, Redmi 4A, Redmi 4X, Redmi Note 5A, Redmi Note 4, Redmi Note 5A Prime, Redmi Note 4X (ikkita versiyasi), Xiaomi Redmi Note 4 (Mediatek protsessorli), Redmi Pro, Mi Note 3 va Redmi 5 Plus.

Eslatib o‘tamiz, bu yerda gap xitoycha versiyadagi barqaror MIUI 10 proshivkasi haqida ketmoqda. Global talqindagi MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalar esa keyinroq chiqariladi.

Xitoycha va global proshivkali, turli modellardagi Xiaomi smartfonlarini esa 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!