Yana Apple. Yana Durov. Yana Telegram muammosi.

Yana Apple. Yana Durov. Yana Telegram muammosi.

Telegram'ning so'nggi yangilanishi bir haftadan beri Apple'ning "ko'rib chiqish" jarayonida, deya xabar bermoqda messenjer rahbari Pavel Durov. Uning qo'shimcha qilishicha, kupertinolik kompaniya yangilanishni kechiktirishga nima sabab bo'layotgani haqida ham xabar bermagan.

"Apple ilovalarni 24 soat ichida ko'rib chiqishini da'vo qiladi, lekin bu bizning tajribamizda har qanday ma'no-mazmunli mahsulot yangilanishi App Store'ga yetib borishi uchun kamida 7-10 kun kerak bo'ladi. Kichikroq ilovalar yuritadigan do'stlarimning aytishicha, bu ular uchun bundanda yomonroq, chunki ular shunchaki xatoliklar to'g'rilanishinigina Apple foydalanuvchilarga yetkazish uchun oylab kutishlari kerak." deydi Durov.

Biroq, Durovga ko'ra pozitiv o'zgarishlar yaqin: Yevropa Ittifoqida Raqamli marketing qonuni kuchga kirmoqda va bu Apple, Google kabi o'zining bozordagi kuchini suiiste'mol qilayotgan "yo'l to'sarlar"ni tartibga soladi.

"Biz, dasturchilar, o'zimizni va o'z foydalanuvchilarimizni himoya qilish uchun ushbu qonunga suyanishimiz kerak. Agar siz App Store yoki Google Play bilan muammolarga duch kelayotgan ilova dasturchisi bo'lsangiz, bu haqda menga, [email protected] manziliga kompaniyangizning elektron pochta manzilidan sarlavhasida "DMA" so'zi bilan xabar bering." deydi Durov.

Telegram navbatdagi yangilanishida xabarlar siluyeti, topiklar, videoxabarlarni transkripsiya qilish va boshqa o'zgarishlar qo'shilishi kutilmoqda.

O'QING: Telegram pulli postlari ortiq iOS qurilmalarida ko‘rsatilmaydi