Yana bir arzon «avtonomlik monstri» chiqdi: narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  967
  •  21.06.2021 15:18

Yana bir arzon «avtonomlik monstri» chiqdi: narx va jihatlari

Samsung kompaniyasi Galaxy M32 rusumli yangi modelini apreldayoq Geekbench servisida tekshirib ko‘rgan edi. Nihoyat, bugun – 21 iyun kuni ushbu smartfon Hindistonda rasman namoyish qilindi. Lekin ungacha...

O‘QING: Galaxy M32 namoyishidan oldin yoqib, ishlatib ko‘rsatilgan anboksing videosi chiqdi

Shunday qilib, Samsung Galaxy M32 qadog‘idanoq Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan One UI 3.1 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Unda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bor-yo‘qligi aytilmaganiga qaraganda, Samsung tejamkorlik maqsadida bu chipdan voz kechgan.

Smartfon plastik korpusda ishlab chiqilgan bo‘lib, ikki xil rangda taklif etiladi. Kompaniya unda Infinity-U turiga mansub, ya’ni tomchisimon kemtikli Super AMOLED displey ishlatgan. Ekran o‘lchami diagonaliga 6.4 dyuymlik, tasvir aniqligi esa FHD+ formatida.

Displey kadr yangilanishining 90 gerslik chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi, uning maksimal yorqinligi – 800 nit. Ekran ustiga Gorilla Glass 5 toblangan shishasi tortilgan.

Galaxy M32 samaradorligiga MediaTek Helio G80 protsessori mas’ul. Samsung bu smartfonini 4/6 gigabaytlik, LPDDR4X toifali tezkor hamda 64/128 gigabaytlik, eMMC 5.1 standartidagi doimiy xotira bilan ta’minlagan.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A72

Yangi smartfonning afzalliklaridan biri – 6000 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lib, 25 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Lekin uning qadog‘iga 15 vattlik zaryadchik solingan, xolos.

Selfi uchun Galaxy M32 displeyi o‘yig‘iga 20 megapiksellik sensor o‘rnatilgan. Uning bosh kamerasi esa 64 + 8 + 2 + 2 megapiksellik datchiklar qo‘llangan.

Galaxy M32 modeli yana microSD-karta sloti, GPS, LTE, Wi-Fi b/g/n/ac va Bluetooth 5.0 interfeyslari bilan ham maqtana oladi. Uning korpusida USB Type-C porti, standart quloqchin tirqishi hamda yon qirrasida barmoq izi skaneri mavjud.

Galaxy M32 modelining Hindistondagi savdosi 28 iyunda boshlanadi. Uning tezkor/doimiz xotirasi 4/64 gigabaytlik varianti uchun 200 AQSh dollariga, 6/128 gigabaytligi uchun esa 229 dollarga teng narx belgilangan. Ushbu smartfon boshqa mamlakatlar bozorlariga qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Galaxy F42 5G ham sertifikat oldi – xususiyatlari bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!