Yana bir arzon smartfon – Galaxy A20e ilk suratlarda: Infinity-U ekran va qo‘sh kamera!
Joriy yilning 10 aprel kuniga Samsung yirik taqdimot rejalashtirgan. Kompaniya unda birdaniga to‘rtta – Galaxy A20e, Galaxy A40, Galaxy A60 hamda Galaxy A90 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda.
O‘QING: Navbatdagi «jonli» surat Galaxy A90 (yoki Galaxy A80) smartfonining yana bir jihatini fosh etdi
To‘g‘ri, ular orasida eng zo‘ri – Snapdragon 855 protsessoriga ega Galaxy A90 bo‘ladi, ammo boshlang‘ich darajadagi Galaxy A20e modeli ko‘pchilik uchun qiziqarli. Garchi uning texnik xususiyatlari aniq bo‘lmasa-da, dizayni ma’lum va shu asosida uning ilk render suratlarini ham ishlashgan:
Sezgan bo‘lsangiz kerak – Galaxy A20e ham yaqindagina taqdim etilgan Galaxy A20 modeliga o‘xshab ketadi. Bu bejiz emas, zero, kutilayotgan smartfon ayni shu qurilmaning ixchamroq va soddaroq versiyasi bo‘ladi.
Guvohi bo‘layotganingizdek, ixcham va hamyonbop yangi model kamera blogining hamda barmoq izi skanerining bo‘rtma hoshiyasi bilan o‘z «aka»sidan farq qiladi:
Shuningdek, Galaxy A20e old kamerasi Infinity-U displeyning tepa qismidagi «kemtik»da joylashadi.