Yana bir hamyonbop Samsung smartfonining surati va xususiyatlarini Google «sotib qo‘ydi»!

  •   DiMaX
  •  1104
  •  05.03.2021 09:27

Yana bir hamyonbop Samsung smartfonining surati va xususiyatlarini Google «sotib qo‘ydi»!

Eslasangiz kerak – yaqinda hali rasman namoyish qilinmagan Galaxy A52 5G smartfonining texnik xususiyatlari Google Play Console ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan edi. Ushbu qurilmaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi – Galaxy A52 4G ham chiqishi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Galaxy A52 4G hamda A52 5G: narxlari, farqlari va umumiy jihatlari

Endi bo‘lsa Google Play Console janubiy koreyalik korporatsiyaning yana bir bo‘lajak xiti – Galaxy A72 modelini ham «sotib qo‘ydi». Ma’lumotlar bazasida uning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi – Galaxy A72 4G texnik xususiyatlari haqidagi qaydlar chiqqan.

Google Play Console ta’kidlashicha, qurilmaning 4G-versiyasi Qualcomm Snapdragon 720G protsessoriga tayangan. Smartfon eng so‘nggi avlod – Android 11 operatsion tizim bazasida ishlaydi va 6 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Geekbench servisida uning 8 gigabaytlik «operativka»li varianti tekshirib ko‘rilgan edi.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Samsung ushbu yangi smartfonini Full HD+ ekran bilan ta’minlagan, unda piksellar zichligi bir dyuymga 450 pikselni tashkil etadi. Galaxy A72 modeli diagonaliga 6,7 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli S-AMOLED displeyga ega bo‘lishi kutilmoqda. Kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lgan ekranning o‘ziga barmoq izi skaneri ham integratsiya qilingan.

Galaxy A72 4G selfi-kamerasi 32 megapiksellik bo‘lib, displeyning yuqori qismi o‘rtasidagi tirqishga o‘rnatilgan. Bosh kamera esa 64 MPlik asosiy, 12 MPlik keng burchakli modullardan tashqari har biri 5 MPlik yana ikkita datchikni o‘zida jamlagan.

Smartfonning 5000 mA/soatlik batareyasi 25 vattlik usulda tezkor quvvat oladi. Uni xaridorlarga 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taklif etishadi, narxi esa 449 yevrodan boshlanadi.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!