Yana bir judolik: parollar “yetim qoldi“

Yana bir judolik: parollar “yetim qoldi“

Foydalanuvchi akkauntini himoylash uchun parol qo‘yish g‘oyasini birinchi bo‘lib o‘ylab topgan Fernando Korbato (Fernando Corbato) 93 yoshida vafot etdi.

Doktor Fernando ilk xavfsizlik usulini o‘ylab topish bilan birga bir vaqtning o‘zida bitta kompyuterdan birdan ortiq foydalanuvchi foydalana olishiga imkon beruvchi tizimni ham yaratgan.

U “vaqt bo‘lishuvi“ nomli usul ishlab chiqqan. Bu bilan kompyuterning ishlash quvvati bir necha foydalanuvchi o‘rtasida taqsimlanadi va bir birdan ortiq foydalanuvchi qurilmani teng ishlata oladi. 

Ta’kidlanishicha, pioner olim diabetga bog‘liq muammo sababli vafot etdi. 

Merosi

“Vaqt bo‘lishuvi“ ustidagi izlanishlar doktor Fernando butun kasbiy faoliyati davomida a’zosi bo‘lgan Massachusets Texnologiya Instituti (MTI)da olib borilgan.

Fernando Institutga 1950-yilda fizika sohasida doktorlik ishi amalga oshirish uchun qo‘shilgan. Biroq u PhD yillarida fanning o‘zidan ko‘ra fanda hisob-kitob ishlarini olib borishda foydalaniladigan mashinalarga ko‘proq qiziqishini tushunib yetadi.

50-yillar kompyuterlaridan foydalanish havas qilarli jarayon emas edi, sababi bu ulkan va monolitik qurilmalar bir vaqtning o‘zida faqat bitta vazifa bajara olardi, xolos.

Ushbu noqulaylikni bartaraf etish uchun Korbato kompyuterlar uchun Mos vaqt bo‘lishuv tizimi (ingl. Compatible Time-Sharing System — CTSS) deb nomlanuvchi operatsion tizim yaratdi. Bu bilan, yuqorida ta’kidlanganidek, devayslardan bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchi foydalana oladigan bo‘ldi.

50- va 60-yillarda ham kompyuterlar juda tez ishlay olardi. Shu sababdan ham CTSS'li kompyuterdan foydalanayotganlar qurilma kuchining atigi bir qismidan foydalanayotganligini sezishmasdi ham, ya’ni tezlikda hech qanday aks ta’sir sezilmasdi.

CTSS taraqqiyoti Multics nomli yana bir vaqt bo‘lishuv dasturi yaratilishiga sabab bo‘ldi. Linux operatsion tizimi yaratilishi va zamonaviy kompyutingda Multics katta ahamiyatga egadir.

CTSS'da ishlovchi kompyuter foydalanuvchisi o‘z fayl va dasturlarini boshqa “hamroh“ foydalanuvchilardan yashirishi uchun esa parollash usuli o‘ylab topilgan.

“Har bir foydalanuvchining paroldan foydalanishi eng sodda yechim bo‘lgan“, degan edi Korbato Wired jurnaliga 2012-yilda bergan intervyusida.

Korbato 1990-yilda CTSS bo‘yicha pionerlik ishi uchun kompyuter sohasi olimlariga beriluvchi eng oliy mukofotlardan A.M. Turing mukofoti bilan taqdirlangan.

MTI Media labaratoriyasi xodimi professor Fadel Adib: “U va uning shogirdlari amalga oshirgan izlanishlarsiz dunyo hozirgidan tubdan farq qilgan bo‘lardi. O‘z ishlari va merosi bilan u bizni ilhomlantirishda davom etadi“, deya uni xotirlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!