Yana bir mamlakat eng ommabop PUBG va Fortnite o‘yinlarini taqiqladi

  •   DiMaX
  •  1644
  •  20.04.2019 10:51

Yana bir mamlakat eng ommabop PUBG va Fortnite o‘yinlarini taqiqladi

Avvalroq ota-onasi PUBG Mobile o‘yini uchun kuchli smartfon olib bermaganligi bois bir yigitcha o‘zini o‘ldirgan edi. Shu kabi holatlar va umuman o‘smir-yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’siri sababli, ayrim mamlakatlar jangari ruhdagi videoo‘yinlarni taqiqlay boshlashgan.

O‘QING: Angliya shahzodasi: «Fortnite’ni taqiqlash kerak, ijtimoiy tarmoqlar esa narkotik va alkogoldan ham battar!»

Kuni kecha Iroq parlamenti ham tobora ommalashib borayotgan PlayerUnknown’s Battlegrounds (PUBG) hamda Fortnite onlayn-o‘yinlarini mamlakatda taqiqlashni yoqlab ovoz berdi. Mazkur qarorga sabab sifatida bu o‘yinlarning bolalarga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri ta’kidlangan.

Shuningdek, deputatlar tasdiqlagan qaror ushbu ikki o‘yin bilan bog‘liq moliyaviy tranzaksiyalarni ham bloklashni ko‘zda tutgan. Parlament fikricha, bu – Iroq jamiyatining salomatligi, madaniyati va xavfsizligiga bo‘ladigan salbiy ta’sirlarning, bolalar va yoshlariga ijtimoiy va axloqiy tahdidlarning oldini olish maqsadida qabul qilingan qarordir.

Aytish kerakki, PUBG va Fortnite o‘yinlarini taqiqlovchi qaror iroqliklarning ommaviy noroziligiga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ular mamlakat parlamenti a’zolarini tanqid qilishmoqda.

O‘QING: PUBG o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlandi!