Yana bir mobil tarifda megabaytlar limiti naq 25 foizga oshirildi!

  •   DiMaX
  •  1810
  •  01.07.2020 08:58

Yana bir mobil tarifda megabaytlar limiti naq 25 foizga oshirildi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori yaqindan beri ikkita tarif rejasida yanada ko‘proq megabaytlar berayotgan edi. UZTELECOM saytidagi yangi xabarga ko‘ra, u yana bitta tarif rejasiga kiritilgan internet-trafik hajmini oshirgan.

O‘QING: Yangi – «ONLIME» tarif rejasi: jazirama yozda salqinlanib oling!

Endi sevimli «IShBILARMON» tarif rejasi UZTELECOM mobil aloqa abonentlari uchun yanada qulay va foydali bo‘ladi, deyiladi unda. Ya’ni, tarif rejasining eski narxi evaziga internetdan foydalanishingiz uchun yanada ko‘proq megabaytlar taqdim etiladi.

20 000 MB o‘rniga 25 000 MB – arzon narxda ko‘proq internet – bu haqiqatan ham foydali biznes bitim!

«IShBILARMON» tarif rejasining shartlari va unga oid boshqa ma’lumotlar bilan tanishish uchun kompaniya saytidagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Eng oddiy va eng foydali mobil tarifga 1 sentyabrgacha bepul ulaning!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.