Yana bir nechta hamyonbop Galaxy smartfonlari One UI 5'ga yangilanmoqda

Yana bir nechta hamyonbop Galaxy smartfonlari One UI 5'ga yangilanmoqda

Samsung o'z smartfonlari uchun Android 13 yangilanishini "nafas olmasdan" tarqatishda davom etmoqda va biz endilikda One UI 5 versiyasini qabul qilgan Galaxy'lar ro'yxatiga quyidagi smartfonlarni ham qo'shishimiz mumkin:

Galaxy A32 (Yevropa mamlakatlarida)
Galaxy A13 (Yevropa mamlakatlarida)
Galaxy A42 (Janubiy Koreyada)
Galaxy A22 (Yevropa mamlakatlarida)
Galaxy M22 (Yevropa mamlakatlarida)
Galaxy A23 (Rossiya va ayrim Yevropa mamlakatlarida)

Ro'yxatdagi smartfonlar uchun yangilanishni Yevropa va boshqa mamlakatlarda tarqatish boshlangan ekan, yaqin kunlarda boshqa hududlar ham uni qabul qilishi aniq.

O'QING: Qaysi Samsung smartfonlari Android 13'ga yangilandi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!