Yana bir ommabop Galaxy smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda

Yana bir ommabop Galaxy smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda

Samsung Galaxy A22 modeli Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘iga o‘tmoqda. Proshivka model raqami A225FXXU3BVD8 bo‘lib, u hozirda Rossiyadagi A22 egalariga jo‘natilmoqda. Kelasi haftadan esa boshqa hududlardagi foydalanuvchilar ham yangi proshivkani qabul qilishni boshlashadi. 

Yangilanish aprel oyi xavfsizlik patchini ham o‘z ichiga oladi. One UI 4.1 rang palitrasi, yangi vidjetlar, takomillashtirilgan qorong‘u rejim kabi yangiliklarni olib keladi. Shuningdek, foydalnuvchilar qurilma kamerasi va mikrofoni maxfiyligini boshqarish hamda shaxsiy boshqaruv paneli funksiyasiga ega bo‘ladilar. 

O‘QING: Samsung Galaxy A23'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!