Yana bir ommabop Redmi smartfoniga barqaror global MIUI 11 kela boshladi

  •   DiMaX
  •  1596
  •  05.12.2019 16:46

Yana bir ommabop Redmi smartfoniga barqaror global MIUI 11 kela boshladi

Xiaomi kompaniyasi yaqinda, MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarning endi nisbatan eski modellardagi qurilmalarga taqdim etilishini aytgan edi. Rasmiy forumda xabar berishlaricha, global bozorga chiqarilgan Redmi Note 6 Pro smartfonlari ham ungacha yangilana boshlagan.

O‘QING: Yana bir smartfonga Android 10 asosidagi MIUI 11'ning beta relizi taqdim qilindi

Ushbu apdeyt V11.0.1.0.PEKMIXM raqami bilan chiqqan va, afsuski, uning asosida eng yangi emas, balki Android 9 Pie operatsion tizimi yotibdi. Redmi Note 6 Pro modelining Android 10 talqinigacha yangilanishi hozircha noma’lum.

Xiaomi dasturchilari yangi proshivka bilan Redmi Note 6 Pro smartfoniga oktyabrdagi xavfsizlik patchlarini hamda MIUI 11 grafik qobig‘ining asosiy o‘ziga xosliklarini qo‘shishgan. Masalan, interfeysning minimalistik dizayni, Milan Pro shrifti, tabiat tovushlaridan olingan yangi ringtonlar, Mi Work Suite – funksiyalar va ilovalar to‘plami kabilar.

Odatdagidek, yangi proshivka dunyo bo‘ylab Redmi Note 6 Pro foydalanuvchilariga bosqichma-bosqich taqdim etiladi, shu boisdan sal kechroq kelishi ham mumkin. Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Redmi K30 – ikkita jihatdan dunyoda birinchi smartfon! (+«jonli» surat)