Yana bir operatordan 90% chegirma, tag‘in naq 28 fevralgacha!

  •   DiMaX
  •  2713
  •  25.11.2020 09:19

Yana bir operatordan 90% chegirma, tag‘in naq 28 fevralgacha!

Kechagina biz operatorlarimizdan birining 31 dekabrgacha davom etuvchi 90% chegirmali «GOLD» aksiyasi haqida yozgan edi. Endi Ucell ham shunga o‘xshash arzonlatib sotish aksiyasini e’lon qildi.

O‘QING: Cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqdi!

Kompaniya xabariga ko‘ra, Prepaid (haqi oldindan to‘lanuvchi) xizmat tizimining «Silver» va «Bronze» toifalaridagi chiroyli raqamlarni 90 foizlik chegirma bilan olish mumkin. Mazkur aksiya bugun – 25 noyabrdan boshlanib, naq qishning so‘nggi kunigacha, ya’ni 28 fevralga qadar amal qiladi.

Ucell raqamlarni oson qidirish uchun «Raqam tanlash» xizmatidan foydalanishni tavsiya etgan. Raqamlarni kompaniyaning o‘z ofislarida va dilerlik shoxobchalarida xarid qilish mumkin.

O‘QING: Uchta tarif rejasi uchun «Kuzgi syurpriz!» aksiyasi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!