Yana bir operatordan ikkita aksiya: tungi internetga chegirmalar hamda tarif almashtirishda bonus va sovg‘alar!

  •   DiMaX
  •  1129
  •  23.02.2021 15:26

Yana bir operatordan ikkita aksiya: tungi internetga chegirmalar hamda tarif almashtirishda bonus va sovg‘alar!

Boyagina biz uyali aloqa operatorlaridan biri birdaniga ikkita aksiya joriy etib, 23 maygacha internet xizmati va internet-to‘plamlar narxlarini tushirgani haqida yozgan edik. Buni qarangki, «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati ham o‘zining Uzmobile uyali aloqa operatori abonentlari uchun bugun ikkita xushxabar e’lon qildi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi TOP-o‘nlikka kirdi

Birinchi xushxabar shundan iboratki, UZTELECOM tuni bilan onlayn bo‘lishni yoqtiradigan mobil aloqa abonentlari uchun qulay «Tungi Internet» xizmati aksiyasini boshlaydi! Uning doirasida 2021 yil 23 fevraldan 13 aprelgacha «Tungi Internet» xizmatidagi har bir tungi internet-to‘plam uchun sezilarli chegirma amal qiladi!

«Tungi Internet» xizmatining taqdim etilish shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali operator saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Qishning oxirigacha iliq aksiya: mobil operatordan 98 foizgacha chegirma!

UZTELECOM rasmiy saytidagi yana bir xabarga ko‘ra, bonusli «Oson o‘tish» aksiyasi doirasida abonentlar har qanday faol tarif rejalariga o‘tishda bonuslar va sovg‘alarga ega bo‘lishadi! Ya’ni, 2021 yil 23 fevraldan 31 martgacha GSM standartidagi barcha abonentlar arxiv tarif rejalaridan yangi faol tarif rejalariga o‘tishda 30 kunlik bonus oladilar.

Bonusli to‘plamlar jismoniy shaxslarga - GSM standartidagi mobil aloqa abonentlariga quyidagi arxiv tarif rejalaridan o‘tish paytida taqdim etiladi: «Trafik», «Konstruktor», «Step», «Salom», «Salom plus», «Komfort», «UzMobile 1200», «UzMobile 4000», «UzMobile VIP», «E'zoz», «Ta'lim».

Masalan, «Salom plus» tarifidan innovatsion «UNITS 21 000» tarifiga o‘tishda Siz 2100 MBga BONUS sifatida ega bo‘lasiz! Shu bilan birga, aksiya doirasida arxiv tarif rejalaridan yuqorida keltirilgan faol tarif rejalariga o‘tish MUTLAQO BEPUL.

O‘QING: Uyali aloqa operatori 4 martgacha 90% chegirma beryapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!