Yana bir operatordan ikkita xushxabar: yangi tarif rejasi va aksiya!

  •   DiMaX
  •  6659
  •  30.09.2020 17:48

Yana bir operatordan ikkita xushxabar: yangi tarif rejasi va aksiya!

Mobiuz aloqa operatori yaqinda oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasini chiqargan edi. Bugun – 30 sentyabr kuni esa u o‘z abonentlari uchun birdaniga ikkita yoqimli xabar e’lon qildi.

O‘QING: «MEGAbaytlar +25%» aksiyasining muddati yana uzaytirildi!

Ushbu aloqa operatori O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun «Maktab» nomli yangi tarif rejasini joriy etdi. Unda oyiga 20 000 so‘mlik abonent to‘lovi evaziga 3000 megabaytlik internet-trafik, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa hamda 500 ta SMS-xabar taqdim etiladi.

«Maktab» tarif rejasiga boshqa tarifdan o‘tib bo‘lmaydi, unga faqat yangidan ulanish mumkin. Bunda raqam o‘quvchining nomiga emas, balki uning ota-onasi nomiga ulanadi. Tarif rejasining boshqa shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengayib, muddati ham uzaydi!

Mobiuz e’lon qilgan ikkinchi xushxabar esa «Yorqin kuz» aksiyasining joriy etilishidir. Uning doirasida «Mobi 70», «GAP yo‘q Pro», «Mobi 90», «Mobi 110» hamda «Mobi 150» tarif rejalari abonentlariga turli qo‘shimcha to‘plamlar taqdim qilinadi.

«Yorqin kuz» aksiyasi 30 sentyabrdan to 30 noyabrgacha (shu kunlari ham) amal qiladi. Uning shartlari bilan batafsil tanishish, boshqa ma’lumotlarni olish uchun mana bu havola yordamida Mobiuz saytiga o‘tasiz.

O‘QING: Arzonlashtirilgan internet to‘plamlar bilan hamyonbop narxda internetdan foydalaning!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.