Yana bir Samsung smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Yana bir Samsung smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Yaqinda Samsung'ning Galaxy F41 smartfoni Geekbench sinovidan o‘tgan edi. Endi esa Galaxy M12 modeli ham etalon testida o‘z kuchini ko‘rsatdi.

Kvadrokamerali o‘rta toifa modeli oldinroq sertifikatsiyadan o‘tgani haqida xabar bergan edik, endi esa Geekbench sinovida ko‘rinish berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Galaxy M12 smartfoni Exynos 850 chipida ishlaydi. Ushbu chipsetga ega yagona Samsung smartfoni Galaxy A21s hisoblanadi.

Model raqami SM-M127F bo‘lgan smartfon benchmarkning yakka yadro sinovida 179, bir necha yadro testida esa 1,029 ball to‘plagan. Geekbench’ning yana ko‘rsatishicha, qurilma qadoqdan Android 11'da ishlaydi. Operativ xotirasi esa 3GB bo‘ladi.

Hozirga qadar sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy M12 anchayin katta — 7,000 mAs akkumulyatorga ega bo‘ladi. 6.7 dyuymlik ekran va to‘rtta kamera (13MP + 8MP + 2MP + 2MP) bilan esa dizayn borasida Galaxy A42 bilan bir xil.

O‘QING: Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!