Yana bir Ultra smartfon taqdim etildi

Yana bir Ultra smartfon taqdim etildi

Infinix kompaniyasining 200MP kameraga ega bo‘lgan birinchi smartfoni - Zero Ultra modeli bo‘ldi. Ushbu qurilma 1/1.22 dyuymli Samsung HP1 sensori bilan jihozlangan. Bundan avval Motorola Edge 30 hamda Xiaomi 12T Pro smartfonlarida ushbu ushbu sensorni ko‘rgan edik. 

Shuningdek, smartfonning quvvatlash tezligi ham ancha yuqori - 180 vatt. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma 12 daqiqa vaqt sarflaydi. Gadjet Dimensity 920 chipi bilan jihozlangan. Infinix, shuningdek, birinchi 60 megapikselli smartfon - Zero 20 modelini ham taqdim etdi. 

Infinix Zero Ultra

Ushbu model chetlari qayrilgan FHD+ rezolyutsiyadagi 6.8 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displey 120 gerts chastotani qo‘llab-quvvatlaydi hamda u 900 nit yorqinlik darajasiga ega. 8/256GB xotiraga ega smartfon Dimensity 920 chipida ishlaydi. 

200MP asosiy kamera optik stabilizatsiya hamda avtofokus imkonyatiga ega bo‘lib, 4K 30 kadr formatda videoga olishi mumkin. Orqa paneldan, shuningdek, 13MP ultrakeng va 2MP sath kameralar o‘rin olgan. Old panelda esa 32MP selfi kamera joylashgan. 

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Infinix XOS 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. U ikki qismga ajralgan 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Smartfon 180 vatt ThunderCharge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Maxsus aparat va dastur yuqori quvvlanishda smartfonni qizib ketishini oldini oladi. Quvvatlagich GaN texnologiyasidan foydalanadi, bu esa yuqori konversiya bilan ta’minlaydi.

Infinix Zero Ultra smartfoni Coslight Silver hamda Genesis Noir ranglarida taqdim etildi. Uning narxi 520 dollarni tashkil qiladi. 

Infinix Zero 20

Ushbu qurilma optik stabilizatsiya hamda avtofokus funksiyalariga ega 60MP kamera bilan jihozlangan. Bu 60 megapiksel kameraga ega bozordagi ilk smartfon bo‘ldi. Smartfon asosan vloggerlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning selfi kamerasi 1440p 30 kadr formatda videolar olishga qodir. 

Gadjet FHD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, 90 gerts chastotada ishlaydi. Orqa paneldan Samsung ISOCELL HP2 sensorli 108MP asosiy kamera, bundan tashqari, 13MP ultrakeng hamda 2MP sath kameralar o‘rin olgan. 

Ushbu model ham Android 12 operatsion tizimiga asoslangan XOS 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilma 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator ega bo‘lib, uni 45 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

Qurilmaning kulrang hamda tilla rangdagi turlari mavjud. 8/256GB xotiraga ega smartfonning narxi 460 yevroni tashkil etadi. 

O‘QING: Xiaomi Smart Band 7 Pro soati taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!