Yana bir viloyatda TATU filiali tashkil etiladi

  •   DiMaX
  •  758
  •  08.10.2020 08:13

Yana bir viloyatda TATU filiali tashkil etiladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyatida filiali tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning «Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4851-son qarorida aytib o‘tilgan.

O‘QING: O‘qishga imtihonsiz kirish imkonini beruvchi yana bir tanlov joriy etildi

Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

Shuningdek, Respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda mazkur yo‘nalishda 14 ta tayanch maktab, 2021-2023 yillarda esa respublika bo‘yicha jami 205 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona filiallari faoliyat ko‘rsatadi.

Hozirda Toshkent viloyatida to‘rtda davlat OTM – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Rossiyaning MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali ham talabalarga tahsil bermoqda.

O‘QING: Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!