Yana bir yangi Redmi smartfoni chiqmoqda

Yana bir yangi Redmi smartfoni chiqmoqda

Xiaomi kompaniyasi Redmi 10 Prime smartfonini 3 sentyabr sanasida Hindistonda namoyish etmoqchi.

O‘QING: Redmi 10 smartfonining global versiyasi sotuvga chiqdi

Smartfon Helio chipi bilan jihozlanishi aytilmoqda, yani ushbu smartfonda ham 5G aloqasi bo‘lmaydi. Bir necha kun oldin sotuvga chiqqan Redmi 10 smartfoni esa Helio G88 chipida ishlaydi.

Redmi 10 Prime haqida yana bir qancha xabarlar bor. U yuqori yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi displey, stereo karnay, ikkita mikrofon va tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Albatta, Redmi 10 modeli ham shunday texnik ko‘rsatkichlarga ega, shuning uchun aniq tafsilotlarsiz, Prime modelida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini aytish qiyin.

Shuni ta’kidlash kerakki, Redmi 10 smartfoni Hindistonda sotilmaydi, shuning uchun Prime modeli uning qayta brendlangan talqini bo‘lishi mumkin. Bu o‘tgan yilgi Redmi 9 Prime'ga o‘shab faqat Hindistonning o‘zida sotilish ehtimoli mavjud.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita yangi flagman smartfonni taqdim etmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!