Yana bitta arzon Galaxy M smartfoni video va suratlarda: tirqishli displey va uchtalik kamera!

  •   DiMaX
  •  2125
  •  24.03.2020 12:42

Yana bitta arzon Galaxy M smartfoni video va suratlarda: tirqishli displey va uchtalik kamera!

Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda «Vattomonstr» laqabli Galaxy M21 smartfonini onlayn formatda namoyish etgan edi. Endi Samsung mazkur arzon telefonlar turkumining navbatdagi vakilli taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘QING: Sportchimisiz? Unda, Samsung sizga sovg‘a beradi!

OnLeaks nikli insayder Pigtou nashri bilan hamkorlikda Samsung Galaxy M turkumidagi yangi smartfonning ayrim xususiyatlarini oshkor etuvchi render suratlari va videosini tayyorlab tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, bu Galaxy M51 bo‘ladi; ammo bu aniq emas – Galaxy M41 modeli bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Nihoyat, hamyonbop Galaxy A11 taqdim qilindi, lekin...

Ko‘rib turganingizdek, smartfon barmoq izi skaneriga, uch modulli kameraga, quvvatlash va ma’lumot o‘tkazish uchun USB-C portiga, quloqchin tirqishiga va korpusning o‘ng qirrasida boshqaruv tugmachalariga ega.

Ushbu qurilma korpusining o‘lchamlari 162.6x77.5x8.5 millimetrlik ekanligi aytilmoqda. Uning tekis displeyi yuqori chap burchagida old kamera uchun tirqish mavjud.

O‘QING: «Jonli» test videosi: 16 GB «operativka»li Galaxy S20 Ultra kuchlimi, yoki atigi 4 GBlik iPhone 11 Pro Max?

Taxminlarga ko‘ra, ekran o‘lchami diagonaliga 6.3 dyuymlik. Smartfonning “elektron yuragi” sifatida esa Snapdragon 720 yoki Snapdragon 662 protsessori qo‘llanadi.

Mana, quyidagi videoda uni batafsil ko‘ramiz:

Manbaga ko‘ra, Galaxy M51 (yoki Galaxy M41) uchun 300 dollardan kamroq narx belgilanadi; ammo uning namoyish sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: Eng arzon Samsung smartfoni – Galaxy M01 haqida Geekbench xushxabar berdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!