Yana bitta ommabop servis «Google qabristoni»ga ketyapti (+video)

  •   DiMaX
  •  1591
  •  13.05.2020 15:26

Yana bitta ommabop servis «Google qabristoni»ga ketyapti (+video)

Google kompaniyasining muvaffaqiyatli chiqmagan, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan hamda «tug‘ilmasdan bo‘g‘ilgan» mahsulotlarini aks ettiruvchi Killed By Google sayti mavjud. Unga «dafn etilgan» bir qator servislar, ilovalar va gadjetlar haqida bir qator xabarlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Google mahsulotlarining haqiqiy qabristoni ochildi – qabrtoshlari ham bor!

Qidiruv giganti yaqinda havaskor dasturchilarga mo‘ljallangan servisining «janozasini o‘qigan» edi. Endi esa u «Google Play Musiqa» striming platformasini yopishini, uning o‘rniga YouTube Music qolishini e’lon qildi. Shu boisdan u musiqa servisi foydalanuvchilariga o‘zlarining musiqiy kolleksiyalarini obunalarini saqlagan holda shu servisga ko‘chirishni tavsiya etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, YouTube Music musiqiy ilovasi 2015 yili ishga tushgan.

O‘QING: Endi YouTube'ning qo‘shimcha funksiyasi yettita Osiyo davlatida ham mavjud!

«Play Musiqa»ning qo‘llab-quvvatlanishi qachon tugashi aniq aytilmayapti, lekin dasturchilarning ta’kidlashlariga ko‘ra, barcha foydalanuvchilarda o‘z ma’lumotlarini YouTube Music servisiga ko‘chirish va u bilan batafsil tanishib olish uchun vaqt yetarli bo‘ladi.

Yopilayotgan servisdagi qo‘shiqlaringiz, pleylistlar va tavsiyalaringizni ko‘chirib o‘tkazish uchun, avvalo, YouTube Music ilovasini smartfoningizga yuklab olishingiz kerak. Android-qurilmalarga uni ushbu, iOS-gadjetlarga esa mana bu havolalar orqali o‘rnatish mumkin. Keyin esa uni ochib, «Ko‘chirib o‘tkazish» («Perenesti») tugmachasini bossangiz yetarli.

YouTube Music – oylik obunaga ega servis, ammo undan bepul asosda ham foydalanish mumkin, reklamasidan bezor bo‘lmasangiz bas. «Google Play Musiqa»dan ko‘chib o‘tayotganda avtomatik tarzda YouTube Music Premium obunasi faollashadi, uni o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!